Fevzi Davletov: "Bor mas'uliyatni murabbiylar shtabi zimmasiga olaman"

Alisher
16 mar 2025, 21:02
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Xorazm" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Albatta, bugungi uchrashuv Termizdagi "Surxon" arenada katta tanaffusdan so'ng birinchi o'yin edi. Muxlislarga ochilish o'yinida g'alaba taqdim etishni istagandik. Lekin, bugun jamoamizda ko'p harakatlar samarasiz bo'ldi. 

Xatoliklarga yo'l qo'ydik, buning evaziga bir emas, ikkita gol o'tkazib yubordik. 

Bugun bizda hech narsa o'xshamadi. Jamoamiz muxlislaridan uzr so'raymiz. Barsa mas'uliyatni murabbiylar shtabi zimmasiga olaman. Biz natija uchun mas'ulmiz. Ikkinchi bo'limda o'zgarishlar amalga oshirdik. Buning natijasida o'yinni o'zgartirmoqchi edik, o'xshamadi" - deydi termizliklar ustozi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia