So’nggi yangiliklar

13:51"Бавария" Паварни сотишга тайёр  0 13:27"Наполи" ва "Эвертон" "Зенит" ўйинчиси учун даъвогарлик қилмоқда  0 13:03"Рома" туркиялик футболчининг трансферини эълон қилди  2 12:40Пулишич ушбу ёзда "Челси"дан кетмоқчи эмас  1 12:17Манба: Эриксен "Манчестер Юнайтед" билан шартнома имзолади  6 11:53"Лидс" "Манчестер Сити" футболчиси билан шартнома имзолади  1 11:30Де Лигт "Бавария" сабаб "Ювентус"дан кетмоқчи  1 11:25Olamsport: Қозоғистондаги боксчиларимиздан 16 та медаль, яна бир ўзбек спортчиси One FC билан шартнома тузди  0 11:07"Фламенго" ушбу ҳафтада Видалнинг ўтиши ҳақида эълон қилади  0 10:44Матич "Рома"га Моуринью сабаб ўтганини тан олди  0 10:20"Милан" Зиешни "Челси"дан ижарага олиши мумкин  0 10:00ПСЖ бугун янги бош мураббийни таништиради  0 09:45“Тоттенхэм” Лангледан сўнг “Барса”нинг яна бир футболчисини қўлга киритмоқчи  3 09:30Эриксен МЮ билан неча йиллик шартнома имзолаши маълум. Трансфер шу ҳафтада амалга ошади  5 09:15ПСЖ Скамакканинг трансферига 50 млн евро сарфлайди  3

Feruza Turdiboeva: "AQSH bilan uchrashuvlar har taraflama foydali bo'ldi" (to'liq intervyu) Yangiliklar

Feruza Turdiboeva: "AQSH bilan uchrashuvlar har taraflama foydali bo'ldi" (to'liq intervyu)

7 karra O'zbekiston chempioni, bir necha yillardan buyon O'zbekiston ayollar terma jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan Feruza Turdiboeva "Championat.asia" mehmoni bo'ldi.






- Avvalo, futbolga kirib kelishingiz tarixi haqida so'zlab bersangiz...
- 13 yoshimda futbolga kirib kelganman. "Sevinch" tarbiyalanuvchisi hisoblanaman. 2008 yilda shu jamoaga kelib qo'shilganman. Futbolga kirib kelishimga birinchi murabbiyimiz Rafa Fayzulovich sababchi bo'lgan. U kishi meni "Sevinch" klubiga tanishtirib, jamoa azosi bo'lishimsha hissa qo'shgan.

- Qarshiliklar bo'lmaganmi?
- Uydagilar qarshi bo'lishgan. Lekin menda katta qiziqish bor edi. Keyinchalik ko'nglimga qarab, o'z tanlagan yo'lidan ketaversin, deyishgan.

- Faoliyatingiz mobaynida bir nechta murabbiylar bilan ishlagansiz. Sizga qaysi murabbiyning uslubi maqul kelardi va qaysi murabbiy bilan ishlash yoqqan?
- Ko'p jamoalarda o'ynaganman. Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Masalan, "Sevinch"da Ravshan SHarofiddinov, Vladislav Xan, "Metallurg"da SHerali Boboqulov, "Bunyodkor"da Elmira Gulyamova bilan ishlaganman. Hozir AGMKda Ilhom Xanjariev qo'l ostida o'ynayapman. Ularning har biri bilan ishlash manzur kelgan.

- CHet el klublaridan takliflar bo'lganmi?
- CHet eldan aniq taklif bo'lgan deyolmayman. Biz 2010-2012 yillarda kichkina edik. O'shanda murabbiylarga murojaat qilishgan. Hozir ancha rivojlanib ketdi. Agentlar orqali ko'p narsalar hal bo'lyapti. Aniq bilganim, Qozog'istondan taklif tushgan.



- Mana shu takliflar yo'q bo'lib ketishiga asosiy sabab nima deb o'ylaysiz?
- Asosiy sabab sifatida o'sha paytlarda ayollar futboli unchalik ham rivojlanmaganini ayta olaman. Bundan tashqari, reklamalar ham kam bo'lgan.

- Yaponiyalik murabbiy Midori Honda kelganidan so'ng terma jamoa va uning atrofida nimalar o'zgardi?
- Oxirgi 5 yilda ayollar futbolida juda ko'p o'zgarishlar ro'y berdi. Ancha rivojlanish bo'ldi, avvalgiga qaraganda etibor kuchaydi. SHaroitlar, stadionlar, moliyaviy tomonlama barchasi yaxshi bo'ldi. Biroq bu yaponiyalik murabbiyning kelishi bilan bog'liq emas.

- Ayollar futboli endi-endi rivojlanyapti, deb aytyapmiz. SHu vaqtgacha rivojlanmaganining 3 ta asosiy sababini aytib bera olasizmi?
- To'g'ri, masalan, 10 yillar oldin moliyaviy va etibor qaratish taraflama rivojlanmagandi. CHempionat 1 oyda bir marta bitta stadionda o'tgan. Hozirgi paytda bolalar futboli kabi etibor kuchaygan. Bu uchun rahmat. Bizga shunchalik etibor qaratishayotgani uchun minnatdorlik bildiraman. Rivojlanmaganiga asosiy sabab sifatida hamma klublarda ham ayollar jamoasi bo'lmaganini ayta olaman. Hozirgi kunda bu majburiy qilib qo'yildi.

- Ayollar futboli oxirgi 5 yilda ancha o'zgardi, deyapsiz. SHu narsani taqqoslab bersangiz...
- 2008 yildan beri terma jamoada o'ynayman. 16, 19 yoshli terma jamoalar sharafini himoya qilgan davrimizda ko'p davlatlarga borardik. Terma jamoa yig'ini, liboslar, ovqatlanish, yashash joyi kabi masalalar ancha o'zgargan. SHu taraflama taqqoslasak bo'ladi. Lekin o'yin jihatidan ozgina sustlashdik, deb o'ylayman.

- Nima sababdan?
- Aniq bir sababni bilmayman. Ko'p davlatlarda futbol tez rivojlanyapti. Biz Tailand, Vetnam, Daniya, Islandiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi raqiblarga ro'baro' kelganmiz. Hozirgi kunda esa Tojikiston, Qirg'iziston termalari bilan o'ynayapmiz. Osiyo Kubogi saralash bosqichida ham faqat Janubiy Koreya, Xitoy, Tailand bilan o'ynab kelardik.

- O'tgan yili saralashda Janubiy Koreyaga yutqazib, Osiyo chempionatiga chiqa olmadik. Jamoaga nima etishmadi?
- Tan olish kerak, Janubiy Koreya ancha kuchli. O'sha o'yinda zaxirada edim, lekin qizlar harakat qilishdi. Futbolda bilasiz, kichik detallar bo'lmaydi. Ular bilan tenglashishimizga hali 2-3 yil bor deb hisoblayman.

- O'zbekiston aprel oyida AQSHga qarshi maydonga tushdi. 0-9, 1-9 hisoblari qayd etildi. O'sha o'yinlarda ishtirok etmagansiz. Bir necha yillardan buyon terma azosisiz, ammo yaponiyalik murabbiy sizni jalb qilmadi. SHundaymi?
- Ha, to'g'ri.



- Undan keyin ham taklif bo'lmadimi?
- AQSH bilan bahsdan oldin yig'in bo'ldi, ammo meni chaqirishmadi. Meni chaqirishmaganiga xafa bo'lmayman, chunki har bir murabbiyning o'z qarashi bor. Masalan, men uchun Ronaldu zo'r bo'lsa, ular uchun boshqacha bo'lishi mumkin. SHu bois bundan xafa emasman. Biroq meni terma jamoaga taklif qilishsa, vatan uchun hamisha o'ynashga tayyorman.

- AQSHga qarshi o'yinlar terma jamoa uchun qanchalik foydali bo'ldi?
- AQSH bilan uchrashuvlar har taraflama foydali bo'ldi. Bunday raqiblar bilan ko'proq o'ynab turish kerak. Tezroq rivojlanishimiz uchun kuchliroq jamoalarga qarshi o'ynashimiz, turli musobaqalarda ishtirok etishimiz kerak.

- Terma jamoaning yaponiyalik murabbiyi va mahalliy murabbiylarimiz o'rtasida qanday farq sezildi?
- Yaponiyalik murabbiy yig'inida 2 kun bo'ldim. Murabbiy juda talabchan. Qatiy tartibga amal qiladilar.

- Bu mutaxassis bilan qandaydir natijaga erishishimizga ishonasizmi?
- Birinchi o'rinda ishonch kerak, to'g'ri. Lekin hammasini vaqt ko'rsatadi.

- May oyi boshida UEFA Assist tomonidan bir necha kun davomida seminarlar o'tkazildi. Unda siz ham ishtirok etdingiz. Mana shu seminarlar futbolchi qizlarimiz uchun qanchalik foydali kechdi?
- Yaxshi seminar bo'ldi. O'zimga ko'p narsalarni oldim. Bunaqa seminarlar ko'p bo'lishini xohlardim, ayniqsa, murabbiylar uchun. Futbol juda ham tez rivojlanyapti. Agar shu kabi seminarlar ko'proq bo'lsa, biz yangiliklarni tezroq bilib olamiz.



- Mentalitet masalasini aytib o'tdingiz. "Ayollar futbol o'ynab nima qiladi?", deyishadi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?
- To'g'risi, men bunga etibor qaratmayman. Har bir insonning gapiga jahl qilib yursak, hayotda yashash tarzingiz qiyinlashadi. Vaqti kelganda hamma gapiradi. Bu narsalarga normal qarash kerak.

- Siz bir necha yillardan beri futboldan tashqari futzal ham o'ynaysiz. Erkaklar futbolida bunday holatlarni kuzatmaymiz. Ayollar futbolida boshqacharoq. Bu futbolchi qizlarga qiyinchilik tug'dirmaydimi?
- To'g'ri, o'ziga yarasha qiyinchiligi bor. CHunki futzal maydoni qattiq bo'ladi, futbolda maydon maysadan iborat va yumshoq bo'ladi. Futzalda jarohat olish ehtimoli ko'payadi. "Sevinch"da o'ynab yurgan paytimda qishda to'liq sport zalida shug'ullanardik, keyin yozda stadionga chiqardik. Ayollar futbolida futbolchilar kamligi uchun ikkisini ajratishmagan. Futboldagi qizlar futzalga ham jalb qilingan.

- Futzalimiz holatini qanday baholaysiz?
- To'g'risini aytsam, ancha past baholayman. CHunki avvalgi erishgan yutuqlarimiz bilan solishtirsak, vaziyat chatoq. Oxirgi marta yanvar oyida Tojikistonda musobaqa bo'ldi. Eron bilan durang (2:2) o'ynadik. Bu biz uchun yaxshi natija deb o'ylayman, chunki avval 7:0, 8:0 ga yutqazgan paytlarimiz bo'lgan.

- Qiyinchilikka uchrab, “futboldan ketaman”, degan holatlaringiz ham bo'lganmi?
- Ha, bo'lgan. Bunday holat uchrab turadi. Futbol o'ynab yurgan odam, futbol ichida yurgan odam undan chiqib ketishi juda qiyin. O'zim ham ishimni boshqa yo'nalishda davom ettirmoqchi edim, o'xshamadi. Bu hammasi Xudodan deb o'ylayman. Hozircha faoliyatimni futbol sohasida davom ettiryapman. Murabbiylikka ham o'qidim, licenziyam bor. Balki vaqti-soati kelsa, murabbiy bo'larman.

- Futboldan ketaman, deganingizda nima yoki qanday motivaciya sizni ortga qaytaradi?
- Futbolchining eng yaxshi yutug'i – o'zining sevgan kasbi bilan shug'ullanishi va shuning ortidan pul topishi. Futbolga juda ham qiziqaman. Uydagilar qarshilik qilishganda foydasi bo'lmagan.



- Sir bo'lmasa, o'rtacha oylik maoshingizni qancha?
- Sir bo'la qolsin.

- Erkaklar futboli bilan solishtirsak, ancha pastmi?
- Erkaklar futbolidan ancha past. Lekin o'ylaymanki, O'zbekistondagi o'rtacha maoshni olamiz. CHunki insonlar ertalab soat 8 dan kechki 6 gacha ishlashadi. Biz esa har kuni kechqurun 2 soat shug'ullanamiz. Buni qadrlaydiganlar ham bor, qadrlamaydiganlar ham bor.

- Futboldagi qiyinchiliklar ko'p, ayniqsa, ayollar futbolida. SHular haqida gapirsangiz...
- Futboldagi qiyinchiliklar jarohat olganingizda, uydan uzoqdaligingizda bo'ladi.

- 7 karra O'zbekiston chempioni bo'lgansiz. Oylikdan tashqari bonuslar olgan paytlaringiz ham bo'lganmi?
- Ha, "Sevinch" va "Metallurg"da berilgan. "Bunyodkor"da ham chempion bo'lganmiz, 2 yil o'tdi, ammo hali berilmadi, 5 ta sovrin yutgandik. Futzal bo'yicha ham chempion bo'ldik. Osiyo CHempionlar Ligasiga yo'llanma oldik. Hali rag'batlantirish bo'lmadi. Beramiz deyishgandi, qachonligi esa nomalum.

- CHempion bo'lganingizdan keyin Oliy talim muassasasiga kirish uchun imtiyozlar berilganmi?
- Imtiyoz beriladi. SHu bo'yicha institutga kirganmiz. Terma jamoada o'ynaganimizda imtiyoz taqdim qilingan.

- Futboldagi eng katta orzungiz nima?
- Orzum chetda o'ynash edi, ammo amalga oshmadi.

- Intervyularingizdan birida futbolchilik men uchun eng muhimi emas deya takidlab o'tgan ekansiz. SHaxsiy hayotingizda o'zgarish qilish niyatingiz bormi?
- Xudo xohlasa, harakatdamiz. Futbol hayotimdagi eng muhim narsa emas. Avvalambor, qiz bola uchun, umuman, inson uchun oila turadi. Oiladan ko'ra muqaddas narsa yo'q.

- Ayollar futbolida erkak murabbiylar ishlashiga munosabatingiz qanaqa? Erkaklarning tegajog'lik qilgani haqida turli mish-mishlar bor...
- Eshitganman shunaqa gaplarni. Lekin aniq fakt bilan aytolmayman. Qizlar futbolida ayollar ishlasa to'g'riroq bo'lardi deb o'ylayman. Bu mening shaxsiy fikrim.

- Qaysi futbolchining o'yinlarini doimiy kuzatib borasiz?
- O'zbekistonda "Nasaf"ga muxlislik qilaman. O'yin uslubi juda yoqadi. Aziz G'anievning o'yinini rosa yoqtiraman.

- CHet el klublaridan-chi?
- Ko'pchilik klublarning o'yini yoqadi. Ko'proq "Manchester Siti" va "Real Madrid" o'yinlarini kuzatib boraman. Futbolchilardan Krishtianu Ronalduni ajratib ko'rsatgan bo'lardim.

- Yil yakunida Qatarda Jahon chempionati bo'lib o'tadi. Sizningcha, qaysi terma jamoa g'alaba qozonadi?
- Taxminimcha, Franciya.



- Sizningcha, "Oltin to'p"ni qaysi futbolchi oladi?
- Benzema qo'lga kiritsa kerak. Imkoniyatlari ancha baland. Boshqa futbolchilardan yaqqol ajralib turibdi.

- Agar qo'lingizda bo'lganida, o'zbek futbolida nimalarni o'zgartirardingiz?
- Ko'p maydonlar qurardim, akademiyalar ochgan bo'lardim.

- Murabbiylik licenziyangiz borligini aytdingiz. Demak, kelajakda murabbiylik qilmoqchisiz. Ayting-chi, yana necha yil futbol o'ynamoqchisiz?
- Menimcha, bu yil oxirgisi. Hozir AGMK jamoasida o'ynovchi-murabbiy sifatida qaydnomadan o'tganman. Ilhom akadan ko'p narsalarni o'rganib, o'zimga qayd etib boryapman. Qaysi yili futbolchilik faoliyatimni tugatishimni aniq aytolmayman, balki bu yil so'nggi mavsumimdir. Hammasi Allohdan.

- O'ynovchi-murabbiy bo'lish qiyin emasmi?
- O'ziga yarasha masuliyati bor. Jamoada har xil yoshdagi qizlar bor. Kichik qizlarga ko'proq yo'l-yo'riq ko'rsatish, har taraflama o'rnak bo'lish kerak.


Xurshida Abdikulova suhbatlashdi

SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
18 iyu 14:56:27
Миллий терма
Футзалимиз ҳолатини қандай баҳолайсиз?
- Тўғрисини айтсам, анча паст баҳолайман. Чунки аввалги эришган ютуқларимиз билан солиштирсак, вазият чатоқ. Охирги марта январь ойида Тожикистонда мусобақа бўлди. Эрон билан дуранг (2:2) ўйнадик. Бу биз учун яхши натижа деб ўйлайман, чунки аввал 7:0, 8:0 га ютқазган пайтларимиз бўлган..... Энди бу футболчи қиз хам футболимизни анча пастлаганини айтиб ўтирибди, осиё саралашини охирги босқичига чиқолмаганимиз энг аламлиси бўлиб турибди лекин жч саралашидаги асосий эркаклар жамоамизни
+1   
18 iyu 14:54:57
Казимни. угай Дадаси
Омадизни берсин синим, Ман хам эшитганман тегажоглик киган Муррабийни у хозир хам ишлавотти, Бу Япониялик Тренер Хеч нима килолмайди, Факат пулди килиб узур ухшамади деб Юртига суради.
   
22 iyu 11:05:15
PlayFootball
Nuriddin 707 foydalanuvchining fikriga javob berish
Нечинчи йил каердарда у́йнаган каерда тугилган йигити борми йу́к бу́са мана мен малумот ту́ликрок кисаларинг бу́майдими
Тугри кеса босасизми ака :) :) (хазил)
   
18 iyu 19:55:46
azamlawer
Муслима бўлиб ҳижобда юрган бирорта аёлга бирорта эркак тегажоғлик қилганини эшитмаганман
   
18 iyu 19:26:26
Мирзаев А.
Аллох аёлни эркак қовурғасидан олиб ясаган. Сингилча, бўлди етади, энди тинчгина иймонли инсофли ўзбек йигитга турмушга чиқиб бахли бўлгин.
   
18 iyu 16:02:49
Nuriddin 707
Нечинчи йил каердарда у́йнаган каерда тугилган йигити борми йу́к бу́са мана мен малумот ту́ликрок кисаларинг бу́майдими
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика