Ferran Torres Ispaniya terma jamoasida gol urish bo'yicha bosh murabbiy Luis Enrikedan o'tib ketdi
07 okt 2021 11:44
Yangiliklar
Ferran Torres Ispaniya terma jamoasida gol urish bo'yicha bosh murabbiy Luis Enrikedan o'tib ketdi
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres milliy jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Luis Enrikedan gollar bo'yicha o'tib ketdi.
Millatlar Ligasi yarim finali doirasidagi Italiya (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng dubl qayd etgan Torresning hisobida umumiy 12ta gol bo'ldi - Luis Enrike ham milliy jamoada futbolchi sifatida aynan shuncha gol urgan.
Qayd etish kerakki, Torresga buncha gol urish uchun 21ta o'yin kerak bo'ldi, Enrike esa ushbu gollarni 61ta bahsda kiritgan.
Ispaniya Millatlar Ligasi finalida yarim finaldagi Belgiya - Franciya juftligi bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
12:41
Islom Ismoilov: "Qurada raqibning ahamiyati yo'q edi, qo'l ostimdagi futbolchilarimga ishonaman" 5
Fikrlar