Fernandu Santush: "Barcha raqiblar Portugaliyaga qarshi o'zgacha tayyorgarlik ko'rishadi"

Narzulla Saydullayev
13 dek 2015, 10:35
Portugaliya terma jamoasi ustozi Fernandu Santush EVRO-2016ga tashlangan qur'adan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Oson yoki qiyin guruhlarga ishonmayman. Faqat mehnatga ishonaman. Islandiya - so'nggi yillarda juda katta rivojlanishga erishgan jamoa. Ular saralashda Gollandiyani ortda qoldirib guruhda birinchi bo'lishdi. Bu ko'p narsani anglatadi. Avstriya safida David Alaba, Kristian Fuxs va Marko Arnautovich kabi ajoyib futbolchilar bor. Avstriya ham o'z guruhida birinchi bo'ldi. Vengriya bilan anchadan buyon to'qnash kelmaganimiz uchun bu raqib haqida ko'p narsa bilmayman. Har bir jamoa Portugaliya bilan bahsga o'zgacha tayyorgarlik ko'rib maydonga tushishlarini unutmaslik kerak", - deydi Santush.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com