Fernandino mavsum so'nggida “Siti”ni tark etib, AQSHga yo'l olishi mumkin
29 noy 2020 09:47
Yangiliklar


Fernandino mavsum so'nggida “Siti”ni tark etib, AQSHga yo'l olishi mumkin
“Manchester Siti” klubining 35 yoshli braziliyalik futbolchisi Farenandino mavsum yakunida jamoa bilan xayrlashishi mumkin, deya xabar bermoqda Mirror.
Xabarlarga ko'ra, joriy mavsum so'ngida ingliz klubi bilan shartnomasi yakuniga etadigan futbolchi keyingi faoliyatini AQSHda yoki tug'ilib o'sgan yurti Braziliyada davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, Fernandino 2013 yilning yozida “SHaxtyor”da 40 million evro evaziga “shaharliklar” safiga ko'chib o'tgandi. Ushbu vaqt davomida u “Siti” libosida 322 uchrashuv o'tkazib, 23 ta gol urdi va 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Manchester Siti” bilan u 11 ta sovringa ega chiqdi -uch bor Angliya chempionligi va kubogi besh marta Angliya Liga kubogi va ikki bor Angliya Superkubogi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar