Fernandesh tez orada "Manchester Yunayted" bilan shartnomani uzaytiradi
17 sen 2021 09:25
Yangiliklar
Fernandesh tez orada "Manchester Yunayted" bilan shartnomani uzaytiradi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh tez orada hozirgi klubi bilan shartnomani uzaytiradi.
Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakunlovchi bosqichda.
Fernandesh yangi shartnomaga ko'ra hozirgidan ikki karra ko'p topadi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik 2020 yilda MYU o'yinchisiga aylangandi. Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Fikrlar