Fergyuson: "Kerrik - eng yaxshi ingliz futbolchisi, de Xea esa hammasidan ham ko'proq xursand qilyapti"
23 dek 2014 14:46
Yangiliklar
Fergyuson: "Kerrik - eng yaxshi ingliz futbolchisi, de Xea esa hammasidan ham ko'proq xursand qilyapti"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o'zining eski jamoasi o'yini haqida fikr bildirib o'tdi.
"Hozir ham jamoada kuchli futbolchilar bor. Kerrik nafaqat ingliz futbolidagi eng yaxshi markaziy yarim himoyachi, balki eng yaxshi ingliz futbolchisi hamdir. Van Persiga keladigan bo'lsak, u jahon chempionatida ko'p kuch ishlatdi, ammo Robin ikkinchi davrada o'zini ko'rsatadi.
Runinig holati juda yaxshi. Bu futbolchi doimo gol ura oladi. Hozirda, hammadan ham ko'proq meni xursand qilayotgan - de Xea. Biz uni yigitchaligida xarid qilgan edik, ammo o'shanda ham mahoratli darvozabon edi. Uning iqtidori o'zgacha va ayni damda biz bunga guvoh bo'lyapmiz. Hamma futbolchilar safga qaytganida, jamoaning ishlari ancha yurishadi" - deydi Fergyuson.
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar