Ferdinand: "De Xeaga boshida hech kim ishonmagan edi"
26 fev 2018 21:57
Yangiliklar
Ferdinand: "De Xeaga boshida hech kim ishonmagan edi"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand David De Xea haqida gapirib o'tdi.
Uning so'zlariga ko'ra, De Xea "Old Trafford"ga kelgan paytda tajribali o'yinchilar unga u qadar ishonishmagan.
"David birinchi bor jamoaga kelganida, bizda unga nisbatan jiddiy ikkilanish bor edi. "Manchester Yunayted"ga qandaydir yosh bola kelgan edi, biz esa har yili sovrin yutishimiz kerak. Qanday qilib biz bu o'ziga unchalik ishonmagan tajribasiz bolakay bilan buni uddalashimiz mumkin?!
Lekin, hozir u qanday darajada ekanligiga qarang. Mana sizga qattiq mexnat qilgan inson o'ziga istagan narsaga erisha olishiga misol", - dedi Ferdinand.

Eslatib o'tamiz, David De Xea ayni paytda APLda eng ko'p quruq o'yin o'tkazdi va Premer-liga "Oltin qo'lqop"i uchun poygada etakchilik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar