So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  9 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  14 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  35 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Ferdinand: “APL rahbariyati tezda bir qarorga kelmasa, joriy mavsum natijalarini bekor qilishga to'g'ri keladi” Yangiliklar

Ferdinand: “APL rahbariyati tezda bir qarorga kelmasa, joriy mavsum natijalarini bekor qilishga to'g'ri keladi”

“Manchester Yunayted” ning sobiq sardori Rio Ferdinandning fikricha, APL rahbariyati joriy mavsumni yakunlash borasida aniq bir qarorga kela olmasa, unda mavsumni bekor qilish lozim.

“Vaziyat shuni taqozo qilmoqda. Sen uyda oila azolaring va yaqinlaring bilan o'tirganingda, sport insonlar bilan muloqot qilish uchun naqadar kerakligini his qilasan.

Biz futbolga qanchalik jiddiy munosabatda bo'lmaylik, u bu shunchaki o'yin. Jamoatchilik uchun ayni paytda undanda muhimroq ishlar bor. Men bu borada ilgari ham gapirgandim va o'sha fikrimda sobit qolaman: agar APL rahbariyatida vaziyatdan chiqish uchun tezkor qaror qabul qilish imkoni bo'lmasa, unda ushbu mavsumni bekor qilib, hammasini boshidan boshlash lozim. 

Ko'p insonlar, asosan “Liverpul” muxlislari men “qizillar”ni APLda g'olib chiqishini istamayotganligim sabab bu fikrlarni aytayotganlikda ayblashlari mumkin. Agar mening jamoa xuddi shunday vazyatga tushib qolanida, men o'yin haqida emas, insonlar salomatligi haqida qayg'urgan bo'lardim. O'ylaymanki, APL rahbarlari buni yaxshi tushunib turishibdi. Bunday qarorga kelinsa, ayrim insonlar norizo bo'lishlari tabiiy. Ammo qanday qaror qabul qilishingdan qatiy nazar, unga qarshi chiquvchi va norozi bo'lguvchilar doim topiladi”, dedi Ferdinand  BT Sport telekanali efiriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, APL 29-turidan keyin “Liverpul” 82 ochko   bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilib turgandi. “Manchester S iti” 57 ochko bilan ikkinchi,  “Lester” 53 ochko bilan uchinchi pog'onani band etgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика