Fenerbaxche kechagi holat bo'yicha bayonot bilan chiqdi
08 apr 09:05
Yangiliklar
Fenerbaxche kechagi holat bo'yicha bayonot bilan chiqdi
«Bugun biz maydonga g'alaba qozonish uchun emas, balki haqiqatni himoya qilish uchun chiqqanimizda, quyidagilarni takidlamoqchimiz: 117 yillik tariximiz davomida nafaqat futbolda, balki ko'plab boshqa sport turlarida turk sportiga xizmat qildik. Bizning muzeyimizda ter va mehnat evaziga qo'lga kiritilgan minglab sovrinlar saqlanadi.
Biz 30 million muxlislarimiz bilan birga mamlakatimizning milliy qadriyatlarini baham ko'ramiz. Dunyoning eng yirik sport klubi sifatida biz kechagidek har doim o'zimizning hurmatimizni himoya qilish uchun harakat qilamiz», — deyiladi klub rasmiy saytida.
Eslatib o'tamiz, "Fenerbaxche" safarda "Trabzonspor" ustidan g'alaba qozongach (3:2), mezbon jamoa muxlislari maydonga tushib ketishdi va g'alabani maydon markazida nishonlayotgan futbolchilarga tashlanishgandi. Natijada, klub Turkiya chempionatidan chiqib ketishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Fikrlar