Fellaini yana Mourinyu bilan birlashishi mumkin
18 mar 2020 23:23
Yangiliklar
Fellaini yana Mourinyu bilan birlashishi mumkin
"Dhnet" xabariga ko'ra, "SHandun Lunen" klubi yarim himoyachisi Maruan Fellaini "Tottenxem"ning qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.
"SHporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu 32 yoshli belgiyalik futbolchini yozda o'z jamoasi safiga qo'shilishini istaydi. Eslatib o'tamiz, Joze va Maruan eski "qadrdonlar" hisoblanishadi. Mazkur juftlik bunga qadar "Manchester Yunayted" klubida birga ishlashgan.
Avvalroq Fellainiga "Vest Xem Yunayted" klubi davogarlik qilishi mumkinligi malum qilingandi.
Malumot uchun, Fellaini Xitoy Superligasining so'nggi mavsumida 22 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 8ta gol hamda 3ta samarali uzatma yozdirib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar