Fellaini: "Mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlashimiz shart"
19 dek 2014 19:42
Yangiliklar


Fellaini: "Mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlashimiz shart"
"Manchester Yunayted" futbolchisi Maruan Fellaini bu mavsum o'tgan yilgisiga qaraganda yaxshiroq bo'lishiga umid qilmoqda.
"Biz jamoa sifatida o'tgan mavsumda yomon o'yin ko'rsatdik. Bunda mening ham aybim bor. Men faoliyatim davomida qiyin vaziyatlarni boshdan o'tkazishga majbur bo'ldim. Ko'p narsani tushunib etdim. Menga odamlarning nima deyishayotganini farqi yo'q. Men faqatgina oilamdan havotir olaman: onam, otam va aka-ukalarim. Ularga men haqimda yozishayotgan narsalarni o'qish juda og'ir.
"Manchester Yunayted" kamida kuchli to'rtlikka kirishi lozim. Biz shunday qilishga majburmiz", - deydi belgiyalik futbolchi.

Fikrlar