Felipe Luis yozda “Barselona”ga o'tishi mumkin

23 fev 2019, 09:19
Luis faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishi mumkin.

Yozda Felipe Luisning “Atletiko M” bilan shartnomasi yakuniga etadi. Luisning o'zi esa “Barselona”ga o'tishga qiziqib qolgan. “Matraschilar” bo'lsa, 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilib ko'radi.

Luis joriy mavsum La Ligada 15 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo