Feliks o'zining shahriga koronavirusga qarshi kurashda yordam berdi
15 apr 2020 15:10
Yangiliklar
Feliks o'zining shahriga koronavirusga qarshi kurashda yordam berdi
"Atletiko" o'yinchisi Joau Feliks koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga qo'shildi.
Portugaliyalik o'zi tug'ilib-o'sgan Vizeudagi shifoxonaga xayriya qildi.
Klinik markaz direktorlar kengashi raisi CHilio Korreyyaning aytishicha, futbolchi ularga tibbiy kiyimlar va shaxsiy himoya vositalarini yuborgan.
- Vizeudagi bizning odamlar birdamlik uchun minnatdorlar. SHaxsan va markazning tibbiy xodimlari nomidan senga minnatdorchilik bildiraman. Katta rahmat Joau Feliks, ota-onangga va boshqa oila azolaringga ham katta rahmat, - deb yozgan Korreyya ijtimoiy tarmoqqa.
Fikrlar