Feliks: "126 million menga bosim solmaydi"
13 may 2021 18:24
Yangiliklar
Feliks: "126 million menga bosim solmaydi"
"Atletiko" forvardi Joau Feliks o'zining transfer narxi va buning bosimi haqida gapirdi.
"126 million evro menga bosim solmaydi. Ammo, men shartnoma imzolagan paytim o'yladim: "Ux, men 126 million evro turaman!"
Simeone menga tez-tez rivojlanishim haqida gapiradi, bu men uchun salbiy narsa emas. Men yaxshiroq bo'lishim kerak. Murabbiy shunday hisoblaydi, shu sabab men ko'proq kuchga ega bo'lish va o'sish uchun ishlayman.
Urishni boshlasam, gollar birin-ketin keladi, qurbon qilingan barchasi oqlanadi. Men sizga kafolat beraman", - deydi Feliks.
Fikrlar