"Felda Yunayted" va Lutfulla To'raev g'alabaga erishdi
16 fev 2016 20:39
Yangiliklar


"Felda Yunayted" va Lutfulla To'raev g'alabaga erishdi
Bugun Malayziya chempionatining 2-turida "Felda Yunayted" klubi "Saravak" mehmoni bo'ldi.
Lutfulla To'raev o'tgan turda maydonga tushib "Felda" safida gol urishga erishgandi. Bugun jamoa safarda bo'lishiga qaramay "Saravak"ni taslim qildi - 2:1. 2ta turdan so'ng 6 ochko to'plagan jamoa musobaqa peshqadami bo'lib turibdi. "Felda" keyingi bahsni 20 fevral kuni Malayziya Futbol Associaciyasi kubogi doirasida "Ipox FA" klubiga qarshi o'tkazadi.
"Saravak" - "Felda Yunayted" 1:2
Gollar: Junior - Zax Raxan Krangar, Fransis Forkey Doe.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar