So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  1 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  3 05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  10 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  4 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  11 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  2 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  1 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  7 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  1 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  1 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  3 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  4 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  26 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0

fcnasaf.uz: Yoshlar ligasi: “Nasaf” – “Buxoro” 4:1 (to'liq sharh) Yangiliklar

fcnasaf.uz: Yoshlar ligasi: “Nasaf” – “Buxoro” 4:1 (to'liq sharh)

Yosh futbolchilarimiz ikkinchi davradagi ikkinchi g'alabani tantana qilishdi.

Rahmatilla Muhammedrahimov shogirdlari ortiqcha qiyinchiliksiz buxorolik tengqurlarini taslim etishdi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Islom Rashidxonovning chap qanotlan havolatib jarima maydonchasiga uzatib bergan to'pini Bobur Abduholiqov boshi bilan uzoq burchakka yo'naltirdi-1:0. Oradan to'rt daqiqa o'tar-o'tmas Abduholiqov ajoyib pasi bilan hujumdagi sherigi Kenja To'raevni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Tajribali hujumchi bu vaziyatda qiyinchiliksiz to'pni darvoza to'riga yo'lladi -2:0. Bo'limning so'nggi daqiqalariga kelib Bobur Abduholiqov bu safar jamoadoshi Dostonbek Berdiqulovga to'pni qulay tarzda etkazib berdi. Natijada hisob 3:0 ko'rinishiga keldi.
 

Ikkinchi bo'lim boshida yoshlarimiz sardori Doston Berdiqulov o'z jarima maydonchasi ichida raqib hujumchisiga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 11-metrlik jarima to'pini Akobir To'raev darvozana aniq yo'lladi-3:1. O'yinga yakuniy nuqtani Kenja To'raev qo'ydi. Bu safar jamoadoshlari boshlagan hujumni tajribali hujumchi darvozaning uzoq pastki burchagiga yo'naltirib, hisobni yiriklashtirdi -4:1.
 

Yoshlar ligasi, 19-tur. 21.08. 2015.
 

“Nasaf” - “Buxoro”  4:1 (3:0)

Qarshi. “Mehnatchi” stadioni.

Hakamlar
: Anatoliy Rubakov, Zufar Elibaev, Farhod Usmonov, Komiljon Rasulov.

Nazoratchi: Gali Imomov.

“Nasaf”: 30. O'tkir Yusupov (1. Alibek Turobov, 46), 2. Samandar Ochilov (s) (15. Botirjon To'raev, 50), 4. Sardor Saullaev (20. Navro'z Izzatillaev, 50), 5. Rahimbek Javliev, 7. Sirojiddin Qo'ziev (33. Akbar Murodov, 57), 8. Bahrom Abdurahimov, 10. islom Rashidxonov, 14. Bobir Abduholiqov (9. Dilshod Xushbakov, 70), 16. Doniyor Narzullaev (55. Jahongir Qurbonov, 85), 17. Doston Berdiqulov, 28. Kenja To'raev (22. Islom Kenjaboev, 70).

“Buxoro”: 25. SHohjahon Nasimov, 2. Aziz Ochilov, 3. Mirjalol Jumaev, 4. Azamat Ahrorov, 5. Mehroj G'ulomov(89. Mirfayz Muhiddinov, 46), 6. Narimov Hasanov (17. Jamshid Hasanov, 46), 7. Azizbek Murotov (22. Azamat Samiev, 77), 9. Nodirjon Davlatov (21. Ruslan Aslanov, 46) 10. Islom Holiqov (77. Feruz Mo'inov, 59), 11. Akobir To'raev, 15. Ravshan Aslanov (s) (14. Salimbek Karimov, 87).

Zaxiradagilar: 12. Aleksandr Korneychuk,

Gollar: Bobur Abduholiqov (24), Kenja To'raev (28), Doston Berdiqulov (43) – Akobir To'raev (53).

Ogohlantirishlar: Akobir To'raev (41). D.Berdiqulov (53), Salimbek Karimov (89).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика