fcdinamo.uz: Andrey Melnichuk - Dinamoning eng yaxshi futbolchisi
23 noy 2013 16:01
Yangiliklar


fcdinamo.uz: Andrey Melnichuk - Dinamoning eng yaxshi futbolchisi
Ikki hafta davomida klubimiz rasmiy saytida muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga, Dinamoning 2013 yilgi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
Anana tusini olgan ushbu so'rovnomada bu yil 210 nafar ishtirokchi o'z ovozi bilan qatnashdi. So'rovnoma yakunlariga binoan, uch mavsumdan beri Samarqand jamoasi darvozasini qo'riqlayotgan Andrey Melnichuk - Dinamoning 2013 yildagi yaxshi futbolchisi deb topildi. Ukrainalik legioner posbon umimiy ishtirokchilarning deyarli yarmi - 102 ta ovoz (48.6%) to'plagan.
Bu borada unga jamoaning yosh hujumchisi Farrux SHotursunov raqobatchilik qildi. Joriy mavsumda 10 ta gol kiritgan 21 yoshli hujumchiga 50 ta (23.8%) ovoz berilgan.
Uchinchi pog'onani esa jamoa etakchilaridan biri Sanat SHixov 25 (11.9%) ovoz bilan band etdi. SHuningdek, joriy yil kashfiyotlaridan biri yosh yarimhimoyachi Komil SHarofutdinov 13 (6.2%), tajribali Sirojiddin Sayfiev esa 12 (5.7%) ovoz bilan kuchli beshlikdan o'rin olishdi.
Eslatib o'tamiz, 2012 yil yakunlariga ko'ra Ivan Nagaev muxlislar tomonidan Dinamoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo'lsa, bu yilgi g'olib Andrey Melnichuk ikkinchi pog'onada qayd etilgandi.

Fikrlar