Fayzullo Qambarov: “Fikrimcha, o'sha vaziyatda chindan ham penalti yo'q edi”
12 avg 2022 07:40
Yangiliklar


Fayzullo Qambarov: “Fikrimcha, o'sha vaziyatda chindan ham penalti yo'q edi”
Coca Cola Superligasining 15-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Qizilqum” (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar futbolchisi Fayzullo Qambarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Mazkur bahs qiyin o'tishini oldindan bilardik. CHunki “Bunyodkor”ning hozirgi tarkibi juda yaxshi yigitlardan tashkil topgan. Biz esa yaratilgan imkoniyatlarimizdan to'g'ri va unumli foydalangan holda g'alaba qozondik deb o'ylayman.
Qolaversa, uchrashuvning oxirgi daqiqalari ancha asabiy o'tdi. Ayniqsa, VAR bilan bog'liq holat. Mening fikrimcha, o'sha vaziyatda chindan ham penalti yo'q edi. SHu kuni g'alaba qozonishimiz nasib qilgan ekan, hammasi yakunda ijobiy natija bilan tugadi.
Mavsumni imkon qadar yuqori o'rinlardan birida tugatishni maqsad qilganmiz va oldinda turgan bellashuvlarda bunga intilamiz.
O’xshash yangiliklar
13:31
Nikola Lazarevich KXDRga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi 3

Fikrlar