Fayzullaev “Krasnodar”ga qarshi o'yinda jiddiy jarohatdan qutulib qoldi
13 dek 2023 20:26
Yangiliklar
Fayzullaev “Krasnodar”ga qarshi o'yinda jiddiy jarohatdan qutulib qoldi
RPL doirasida CSKA klubi mehmonda "Krasnodar"ga yutqazib qo'ydi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdagi yagona golga Nikita Krivtsov mualliflik qildi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, mazkur bellashuvda “armiyachilar”ning o'zbekistonlik vingeri Abbosbek Fayzullaevda jiddiy jarohat olish xavfi mavjud edi, biroq hammasi yaxshi yakunlangan.
“Abbos noxush shikastga yo'liqdi. Ammo Moskvaga qaytgach, u MRTdan o'tdi, muolaja davomida uning sog'lig'ida jiddiy muammolar aniqlamadi. Yarim himoyachi CSKA PFK tibbiy shtabidan tiklanish uchun kerakli tavsiyalarni oldi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, Fayzullaev O'zbekiston milliy terma jamoasining dekabr oyidagi yig'iniga chaqirilgandi.
O’xshash yangiliklar
08:44
Sofascore. Shomurodov va Fayzullaev kechagi ajoyib harakatlari uchun necha bahoga loyiq ko'rildi? 2
09:43
Sofascore. Shomurodov va Fayzullaev kechagi ajoyib harakatlari uchun necha bahoga loyiq ko'rildi? 11
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar