So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  0 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

Faxriylar futboli. “Qo'qon-1912” “Neftchi”ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Faxriylar futboli. “Qo'qon-1912” “Neftchi”ni mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  Qo'qon-1912Neftchi
Bugun Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda faxriy futbolchilar o'rtasida Respublika birinchiligi saralash musobaqasining navbatdagi o'yini bo'lib o'tdi.

Unda “Qo'qon-1912” hamda “Neftchi” jamoalari faxriylari o'zaro kuch sinashishdi. O'ziga xos “derbi”da jamoalar quyidagi tarkibda maydonda xarakat qilishdi.
O'yin o'tgan yilgi Respublika chempionlari, Qo'qonlik faxriylarning to'liq ustunligida o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Lekin fargonalik taniqli futbolchilar, o'z davrida viloyatimiz muxlislarining sevimli futbolchilari bo'lgan Asad Do'rmonov, Oleg Burov, Noil Gubanovlarning hali ham maydonda chiroyli va aniq harakat qilayotganlari  muxlislarda yaxshi taassurot qoldirdi. Derbining birinchi bo'limida hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi bo'limda qo'qonliklardan Said SHokirov xamda SHavkat Jo'raboevlar ikkita bir-biridan chiroyli gollarga mualliflik qilishdi.  SHunday qilib  faxriylar o'rtasida bo'lib o'tgan viloyat derbisida qo'qonlik faxriylar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Eslatib o'tamiz, qo'qonlik faxriy futbolchilar o'tgan turda  Namanganning “Navbahor” faxriylarini ham xuddi shunday hisobda mag'lubiyatga uchratishgan edilar. “Qo'qon-1912” faxriylari navbatdagi o'yinni safarda andijonlik faxriy futbolchilarga qarshi o'tkazadilar.

“Qo'qon-1912” - “Neftchi” 2:0
Gollar:
Said SHokirov, SHavkat Jo'raboev
“Qo'qon-1912”: F.Musajonov, A.Ortiqov, M.Mansurov, A.Jonaliev, SH.Jo'raboev, M.Abduvaliev, A.Niyozov(S) , I.Mamadiev, A.Otajonov, U.Quvvatov, S.SHokirov.
Zaxiradagilar: J.Tojiboev, S.Meliboev, B.Abdullaev, O.Qodirov, B.Azimov, N.Xusanboev, K.Aminov.  
“Neftchi”:  B.SHamsiddinov, G.Raimjonov, A.Do'rmonov, X.Axmedov, SH.Ibragimov, Q.Sobirov, O.Burov, O.Xo'jaev, A.Usmonov, R.Mirzaraximov.
Zaxiradagilar: Z.Burxonov, N.Gubanov, A.SHermatov, A.Komilov.

Akramjon Mamadaliev

Abdusamad Do'rmonov

Oleg Burov


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика