

Fati hozirda "Brayton"da ijarada o'ynamoqda, ammo "Barsa" allaqachon Fatini sotishni ma'lum qilgan. Ayni vaqtda “Brayton”ni boshqarayotgan italiyalik mutaxassis Roberto de Dzerbi futbolchiga ishonchini yo'qotgan, shu bois, “chaykalar” hujumchini sotib olmaydi.
Fati uchun "Milan"dan tashqari "Sevilya" va Angliyaning "Vest Xem" klublari ham da'vogarlik qilmoqda. Hozirda futbolchi 30-40 million evro atrofida baholanmoqda.



