So’nggi yangiliklar

21:05Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  1 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  2 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  6 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  2 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  2 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5

Farruh Zokirov: "Realizaciya borasida oqsadik" Yangiliklar

Farruh Zokirov: "Realizaciya borasida oqsadik"

"CAFA WOMEN'S FUTSAL CHAMPIONSHIP-2023" musobaqasi birinchi turi doirasida Tojikiston ustidan qozonilgan yirik g'alabadan keyin terma jamoamiz ustozi Farruh Zokirov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"CAFA WOMEN'S FUTSAL CHAMPIONSHIP-2023" musobaqasi birinchi turi doirasida Tojikiston ustidan qozonilgan yirik g'alabadan keyin terma jamoamiz ustozi Farruh Zokirov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:


"Birinchi o'yinlar har doim hayajonli bo'lgan. SHunga qaramay, g'alaba qozonishni uddaladik. Ko'proq gol urishni xohlagandik. Guvohi bo'lganingizdek, shunga yarasha vaziyatlar yarata oldik. Ammo qizlar realizaciya borasida oqsashdi. Keyingi o'yinlargacha buning ustida ishlaymiz.

— 2-tur bahslari ertaga o'tkaziladi. Qizlar tiklanishga ulgurishadimi?

— 24 soat menimcha etarli bo'lsa kerak. Bugun aksar etakchilarga ko'proq dam berdik. Agar o'yin Eron bilan bo'lsa, to'rtliklar boshqacha shaklda bo'lishi mumkin edi. 

— O'zbekiston bor potencialini ko'rsatdimi?

— Yo'q. Bu hali hammasi emas. Birinchi o'yin bo'lgani uchun bazi xatolar ham ko'zga tashlangan bo'lishi mumkin. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz.

— Gollarning aksari birinchi bo'limda kiritildi...

— CHunki tanaffusdan keyin raqibimiz o'z xatolarini angladi va pastroqqa tushib himoyalanishni boshladi.

— Zalda muxlislar ko'payishini xohlarmidingiz?

— Albatta. Kelasi bahslarga ko'proq ishqibozlarni kutamiz. CHunki uy o'yinlarida bu jamoaga juda qo'l keladi va muntazam oldinga borishga undaydi.

SHuningdek, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Umida Zoirova jamoa nomidan kelasi o'yinlarda yanada sifatliroq futbol ko'rsatilishini vada qildi:

"O'yin avvalida biroz qiynaldik. Keyinroq tayyorlagan rejalarimizning barchasini amalga oshira oldik. Birinchi o'yin bo'lgani uchun biroz qiynalgan bo'lishimiz mumkin. Lekin keyingi o'yinlarda yanada sifatliroq o'yin ko'rsatishga vada beramiz".

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика