Farruh Sayfiev: "Yaponiyaga qarshi munosib o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman"
17 jan 2019 23:55
Yangiliklar
Farruh Sayfiev: "Yaponiyaga qarshi munosib o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman"
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Farruh Sayfiev Yaponiyaga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-tur o'yini (1:2) haqida fikr bildirdi.
"Uchrashuv borasida gapiradigan bo'lsam, bugun Yaponiyaga qarshi munosib o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. Bu mag'lubiyatni tezroq unutishimiz, Avstraliya bilan bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.
Raqib tezkorlik bilan hisobni tenglashtirgani bizga biroz tasir ko'rsatdi. Lekin bugungi o'yinimiz raqibnikidan yomon bo'lmadi deb o'ylayman" - deydi Sayfiev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar