Farruh Sayfiev: "G'alaba uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz"
16 mar 2018 10:20
Yangiliklar
Farruh Sayfiev: "G'alaba uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz"
AGMKga qarshi uchrashuvga hozirlikni davom ettirayotgan "Paxtakor" himoyachisi Farruh Sayfiev bo'lajak o'yin xususida fikrlarini bildirdi.
- Yakshanba kungi bellashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Barcha futbolchilar mashg'ulotlarda bor kuchi bilan ishlashga intilmoqda. Avvalgi o'yinda yo'l qo'yilgan xatolarni takrorlamaslikka intilamiz. Umid qilamanki, muxlislarga chiroyli g'alaba taqdim eta olamiz. Jamoa shuning uchun bor imkoniyati bilan ishlamoqda.
AGMK tarkibi yaxshi shakllangan. Ular istalgan jamoaga qarshi jiddiy qarshilik ko'rsatib, ijobiy natijaga erishishlari mumkin. Ushbu jamoani hurmat qilamiz. Lekin oldimizga qo'yilgan maqsad - g'alaba sari borimizni ishga solamiz. Bu safar ishqibozlarimizga xursandchilik tuhfa etish niyatidamiz, - deydi Sayfiev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar