Farruh Sayfiev: "Bir oyga qolmasdan safga qaytaman"
28 apr 2016 10:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206339_original.jpg)
![](/upload/storage/206339_220.jpg)
Farruh Sayfiev: "Bir oyga qolmasdan safga qaytaman"
Farruh Sayfiev o'tgan yilgi mavsumning oxirlarida jarohati tufayli safdan chiqqan edi. Dekabrning oxirlarida xorijda jarrohlik amaliyotini o'tkazdi va uzoq vaqt tibbiy muolajada bo'ldi. Keyinroq esa jismoniy tayyorgarliklarni boshladi va mana nihoyat u yana safga qaytishga yaqin turibdi.
Biz Farruh bilan uning hozirgi ahvoli hamda eng muhimi qachon safga qaytishi haqida so'radik.
-Hozirgi paytda yakka tartibda tinmasdan shug'ullanayapman. Maqsadim tezroq safga qaytsam, deyman. Jamoamga yordam berishim kerakligini har daqiqada his qilib turibman. Nasib bo'lsa, bir oyga qolmasdan safga qaytaman.
To'g'risi, bu jarohatdan qutulish uzoqqa cho'zilar ekan, buni dushmanimga ham ravo ko'rmasdim. Eshitganman, futbolchi uchun o'z jamoasi o'yinlarini tribunada kuzatish juda og'ir bo'lishini. Buni o'zimda sinab ko'rdim, rosti juda qiynalib ketarkansan kishi. Menga doimo jamoadoshlarim, murabbiylar, klubimiz rahbariyati dalda berib turishadi, bu menga katta ruhiy kuch bag'ishlaydi,-deydi Farruh Sayfiev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar