Farhod Tojiev Germaniyadan qaytdi
24 noy 2013 11:43
Yangiliklar


Farhod Tojiev Germaniyadan qaytdi
"Lokomotiv" klubi hujumchisi Farhod Tojiev yozda og'ir jarohat olib safdan chiqqandi.
Futbolchi O'zbekiston kubogi yarim finali doirasida "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda oyog'idan jarohat olganidan so'ng umuman maydonga tushgani yo'q. Kichik Tojiev Germaniyada operaciya qilingandi. Kuni kecha Farhod Evropada ikkinchi tekshiruvdan o'tib yurtimizga qaytib keldi.
Mavsum davomida 17ta gol urgan Farhod Tojiev keyingi yil boshida mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda.
Mavsum davomida 17ta gol urgan Farhod Tojiev keyingi yil boshida mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda.

Fikrlar