So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

Farhod Sohibjonov: “Bu g'alabani muxlislarimizga bag'ishlayman” Yangiliklar

Farhod Sohibjonov: “Bu g'alabani muxlislarimizga bag'ishlayman”

O'zbekiton Superligasining 19-turida “Andijon” o'z maydonida “Paxtakor”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa, vodiyda kechgan uchrashuvda mezbonlar peshqadam “Paxtakor”ni engib, sensaciya qayd etdi.

O'yin taqdirini hal qilgan gol muallifi mezbonlarning 20 yoshli futbolchisi Farhod Sohibjonov bo'ldi. Uchrashuvdan so'ng yagona gol mualifi bo'lgan Sohibjonov bilan suhbatlashdik. 

- Farhod, sizningcha “Andijon” nimaning evaziga “Paxtakor”ni mag'lubiyatga uchratdi?

- Mazkur uchrashuvga futbolchilar bilan jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Raqib kuchli bo'lsa-da, oxirgi soniyalarga qadar kurashdik. Qilgan mehnatimizga yarasha taqdirlandik deb o'ylayman. Bu g'alaba osonlikcha qo'lga kiritilgani yo'q. Futbolchilarning maydonda ko'rsatgan mehnatlari samarasi bilan qo'lga kiritildi deb o'ylayman. SHu o'rinda aytish kerakki, bugungi g'alabani muxlislarimizga bag'ishlayman.

- “Andijon” mavsum davomida bir tekis o'yin ko'rsata olmayotganiga munosabatingiz qanday?

- To'g'risi, bu savolizga nima deyishga ham hayronman? Har bir uchrashuvda yigitlar bor kuchlari bilan to'p tepmoqda. Vaziyatlar yaratmoqdamiz. SHunga qaramay, omadimiz kelmayapti. “Paxtakor”dek jamoani mag'lubiyatga uchrata olganimiz, bizga katta kuch taqdim qiladi deb o'ylayman. Superligada qolish uchun jon-jaxdimiz bilan harakat qilamiz. 

- O'yin taqdirin hal qiladigan golni urishingizni kutganmidingiz?

- Yo'q albatta. Aynan mening golim jamoamga g'alaba taqdim qilishini umuman kutmagandim. Jamoadoshlarim tufayli ushbu golni urishga muvaffaq bo'ldim. 

- Jamoangizni Superligada qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- So'nggi turga qadar kurashamiz. Vazifani bajarish va muxlislarimizni xursand qilish asosiy maqsadimiz hisoblanadi. Umid qilamanki, biz oldimizga qo'yilgan mazkur vazifani to'liq bajara olamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика