Farhod Nurullaev hamda Artyom Makosinni tabriklaymiz!
29 okt 2014 12:58
Yangiliklar
Farhod Nurullaev hamda Artyom Makosinni tabriklaymiz!
Bugun “Qizilqum” futbol klubi menedjeri Farhod Nurullaev hamda jamoa darvozaboni va sardori Artyom Makosinning tavallud kunlari.
Fursatdan foydalanib, ularni tug'ilgan kunlari bilan tabriklaymiz. Ularga uzoq umr, sihat salomatlik va oilaviy baxt tilaymiz.
Malumot o'rnida shuni takidlash kerakki, Farhod Turg'unovich bugun o'zining yarim asrlik to'yini tantana qilmoqda.
U 1964 yilning 29 oktyabrida Navoiy shahrida tug'ilgan. Farhod aka 1982 - 1984 yillar Zarafshon (Navoiy), 1985 - 1989 yillar Yangier, 1990 - 1998 yillar Zarafshon (Navoiy) jamoalarida himoya chizig'ida to'p surgan. 2011 yildan buyon esa Qizilqum jamoasida menedjer sifatida faoliyat olib bormoqda.
Artyom Makosin esa 1985 yil 29 oktyabrda Navoiyda tavallud topgan.
Artyom Olegovich ilk “charm to'p” saboqlarini murabbiy Vladimir Petrovich Gavrilovdan olgan.
U 2003 - 2004 yillarda Zarafshon - NCZ (Navoiy), 2005 - 2008 yillar Buxoro (Buxoro), 2009 yil SHo'rtan (G'uzor), 2010 yil Zarafshon - NCZ (Navoiy), 2011 yildan tanaffus bilan Qizilqum jamoasi darvozasini qo'riqlab kelmoqda.
Yana bir bor, Farhod Nurullaev hamda Artyom Makosinni futbol klubimiz mamuriyati, barcha jamoa azolari nomidan bugungi qutlug' ayyomlari bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etamiz.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Fikrlar