So’nggi yangiliklar

23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  5 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  6 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3

O'zbekiston U-20 bosh murabbiyi Farhod Nishonov: "Bizda 23 nafar teng kuchli futbolchi bor. Bunday jamoa bilan katta natijaga erishsa bo'ladi" Yangiliklar

O'zbekiston U-20 bosh murabbiyi Farhod Nishonov: "Bizda 23 nafar teng kuchli futbolchi bor. Bunday jamoa bilan katta natijaga erishsa bo'ladi"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov Osiyo kubogi saralashi doirasidagi Kambodjaga qarshi o'yindan keyin (7:0) championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Birinchi o'yinda g'alaba qozondik. Barchasi reja bo'yicha kechdi, zaxiradan tushganlar ham o'yinni kuchaytirib berishdi. Oxirgi daqiqalarga qadar bir xil tempda harakat qildik. Har ikki kunda o'yinlar bor, lekin bu bizga muammo bo'lmasa kerak. Sababi bizda 23 nafar bir-biriga teng bo'lgan futbolchilar bor. SHu bois Nepalga qarshi o'yinda ham asosiy tarkibda rotaciya qilamiz.

Yigitlar ham jismonan, ham ruhiy charchoqlari chiqdi. Bor etibor ikkinchi o'yinga qaratilgan. Xudo xohlasa, Osiyo kubogiga yo'llanma olamiz, chunki menda futbolchilarga ishonch bor. Ahil, tajribali haqiqiy jamoani ko'ryapman, zaxirada o'tirganlar maydondagilarni qo'llab turishibdi. Bunday jamoa bilan katta natijaga erishish mumkin.

Guruhimizdagi vaziyat hozircha juda chigal, sababi barcha jamoada hali imkoniyat bor. Nasib qilsa Nepalni mag'lub etsak, Kambodja Bahrayn bilan tengma-teng o'ynasa kerak.

Yigitlar faqat g'alaba haqida o'ylashmoqda, barchada o'ziga bo'lgan ishonch bor. Xudo xohlasa har bir uchrashuvda g'alaba qozonib, Osiyo kubogiga chiqamiz", - dedi Farhod Nishonov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика