So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  6 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  816 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Farhod Magometov: Murabbiy almashtiraveradigan klub vaqtdan yutqazadi Yangiliklar

Farhod Magometov: Murabbiy almashtiraveradigan klub vaqtdan yutqazadi

Teglar :  Farhod MagometovPFL
2 avgust kuni O'zbekiston chempionati oliy liga bahslarining ikkinchi davrasi start oldi.

Ushbu hafta boshida esa jamoalar 17-tur o'yinlariga yakun yasab berishdi. Pravda Vostoka nashri ijodkorlari Professional futbol ligasi bosh direktori Farhod Magometovni suhbatga chorlab, turli faktlar va raqamlar bilan bog'liq savollarga javob olishdi.

- Farhod Abduvalievich, statislarning takidlashlaricha, jamoa-lar yozgi tanaffusga qanday ko'rsatkich bilan chiqishgan bo'lsa, kuzda jo'jalarni xuddi shunday holatda sanashar ekan. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- SHunday desa ham bo'ladi. Turnir jadvalining yuqori qismidan joy olgan klublar etakchilik poziciyasini saqlab qolishsa, autsayderlar o'rtasidagi intriga so'nggi turga qadar davom etadi. Misol uchun, o'tgan mavsum chorasiz qolgandek tuyulgan Buxoroning elitada jon saqlab qolishi-yu, Samarqandning Dinamo klubi birinchi ligaga tushib ketishini hech kim oldindan taxmin qilolmagandi.

- Nasafda biroz pasayish kuzatilgan bo'lsa, Metallurg sezilarli ravishda o'sishga erishib, amaldagi chempion Paxtakorni ham ortda qoldirmoqda. Bunday keskin o'zgarishlarning sababi nimada?

- Qarshiliklar, mana bir necha yildirki, birinchi o'rinni egallashga harakat qilishmoqda. Ammo har safar nimadir etishmaydi. Asosiysi, zaxira o'rindig'ining kamtarona ekanligi pand bermoqda. Marafon masofasini faqatgina 15 nafar futbolchi bilan bosib o'tish qiyin. Asosiy yumush jamoa etakchisi Artur Gevorkyan zimmasiga yuklatildi, taktik rejalarning aynan turkmanistonlik legioner orqali amalga oshirilishi uni holdan toydirdi. To'qqiz oy mobaynida sport formasini bir xilda ushlab turish imkonsiz. Gevorkyanning o'yinidagi pasayish jamoa natijalariga ham tasir ko'rsatmoqda. Biroq shunga qaramay, Nasafning o'yini menga yoqqani, OCHLda ijobiy taassurot qoldirganini ham qo'shimcha qilmoqchiman.

- Kechirasiz, gapingizni bo'laman: Gevorkyan yozgi tatil paytida boshqa klub - Lokomotiv safiga o'tdi. Ushbu omilga tayanib fikr yuritsak, endi Nasaf sovrinlar uchun kurashdan chiqib ketishi mumkinmi?


- Mazkur jamoani istedodli murabbiylarimizdan biri Ro'ziqul Berdiev boshqarmoqda. Bu mutaxassisning mavjud vaziyatdan oqilona tarzda chiqib ketishiga ishonchim komil. Hozirga kelib, klub maktabi tarbiyalanuvchilari orasidan eng iqtidorlilarini tanlab, tarkibga jalb etmoqda. Qolaversa, transfer oynasi ochiqligidan unumli foydalandi - xorijdan futbolchilar olib kelindi. G'oliblik ruhiyati yo'qolmaydi. Albatta, ayrim jihatlar bo'yicha o'zgarishlar qilishga to'g'ri keladi. Asosiysi, klub ajoyib infratuzilmaga ega. Jamoa ixtiyoridagi zamonaviy o'quv-mashg'ulot bazasiga Evropaning ancha-muncha etakchi jamoalari ham havas qilishsa arziydi. Qarshiliklarda o'yin potencialini kuchaytirish uchun asoslar etarli.

- Davom etamiz... Metallurg. Bekobodliklar nimaning hisobiga muvaffaqiyat qozonishmoqda?


- Yana o'sha gap - ajoyib murabbiylar shtabi. Rustam Mirsodiqovning yonida, mana bir necha yildirki, yosh mutaxassislar mehnat qilishmoqda. Ularning aksariyati ham klub, ham milliy termadagi o'yinlari orqali muxlislar orasida tanilib ulgurishgan. Xususan, Fevzi Davletov 1994 yili Xirosima(Yaponiya)da bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni hisoblanadi. Qolaversa, Metallurgning asosiy tarkibi o'zgarishlardan xoli ekani ham bekobodliklarning ijobiy natijalarga erishishlarida asqotmoqda.

- Paxtakordagi pasayish nima bilan bog'liq?


- Kutilmagan holat ro'y berdi. Vaholanki, jamoa tarkibida istedodli futbolchilar jamlanishgan. Paxtakor vakillarini barcha termalarda ko'rish mumkin, ko'plab musobaqalarda ishtirok etishmoqda. Iqtidorli yoshlar bisyor. Aftidan, jamoaning ichki muhitida qandaydir muammo borga o'xshaydi. Qolaversa, o'yinchilarning ham shon-shuhratga ruhan tayyor emasliklari ko'rinib qoldi. Demak, ular hali professionalga aylanib ulgurishmagan.

- Buxoro va Qizilqumda yulduzlar yo'q, ammo ularning natijalari chakkimas. Bu jamoalar muxlis to'plash borasida ham etakchilar qatorida borishmoqda. Navoiydagi Yoshlar  arenasi deyarli 100 foizga, Buxorodagi stadion esa 89 foizga to'lmoqda. Tomoshabinlar tashrifi yomon emas.


- To'y bo'lsa, muxlis topiladi, deb bejiz aytishmagan. Bu jamoalar muxlislar ishonchini oqlashga astoydil intilish barobarida, romantik futbol namoyish etishmoqda. To'g'ri, har doim ham bir xilda mazmunli o'yin ko'rsatish qiyin, ammo ular harakat qilishyapti.

- Navbatdagi mavsumning yarmi poyoniga etgan bir pallada autsayderlar qatorida Farg'ona vodiysi jamoalarining joy olishganini ko'ryapmiz. Inqiroz juda cho'zilib ketmadimikan?


- Namanganning Navbahor klubi chempionlikka erishganiga yigirma yil bo'ldi. Lochinlar joriy mavsum safarda birorta ham g'alabaga erishmadilar. Umumiy muammo - murabbiylar qo'nimsizligi. Andijonda ham xuddi shunday holat hukmron, jamoa uchinchi murabbiy qo'l ostida shug'ullanmoqda. Murabbiylarni almashtiraverish - vaqtni behuda o'tkazish demak. Etiborlisi, deyarli har bir jamoada menejerlar o'z o'rinlarida qolishmoqda. Vaholanki, bu - klublardagi eng sust ishlayotgan tizim hisoblanadi, menejerlar tayyorlash bo'yicha hech kim shug'ullanmayapti. Axir har qaysi jamoada moliyaviy tarmoq eng asosiy rollardan birini o'ynaydi.

Timur NIZAEV suhbatlashdi

Manba: "InterFUTBOL" gazetasi

Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика