So’nggi yangiliklar

08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  1 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  4 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  18 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  24 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6

Farhod Magametov: "Birinchi liga klublarida ham licenziyalashtirish amalga oshiriladi" Yangiliklar

Farhod Magametov: "Birinchi liga klublarida ham licenziyalashtirish amalga oshiriladi"

O'FF anjumanlar zalida 2014 yilgi O'zbekiston Kubogi va Birinchiligi qurasi boshlandi.
Bu haqda PFL rasmiy tvitteri xabar berdi.

Tadbirni PFL bosh direktori Farhod Magametovdan kirish so'zi bilan ochib berdi.

"O'zbekiston Birinchiligi uchrashuvlariga tomoshabinlar tashrifi 2013 yilda kamaydi. Tomoshabinlar tashrifi jamoalarning o'yiniga bog'liq. Birinchi Liga musobaqalarida 2012 yili 7 nafar, 2013 yilda esa 3 nafar legioner ishtirok etdi. Agar hayotingizni futbol bilan bog'lagan bo'lsangiz, marhamat qilib, reglamentga rioya qiling. Reglamentga bo'ysunish kerak. Keldim, o'ynab ketaveraman, deb o'ylash yaramaydi", - deydi Magametov.

Magametovning so'zlariga ko'ra, Birinchi Ligadagi eng asosiy muammo – futbolchilar intizomining sustligidir.

"Birinchi Ligada aksariyat hollarda futbolchilar raqibni, hakamni yoki jamoadoshini haqorat qilgani uchun diskvalifikaciya qilingan. Agar intizom bo'lsa, o'ylashimcha, o'yinlarga tomoshabinlar tashrifi ham o'sadi, o'yinlar ham yaxshilanadi. Bu yil Oliy Ligada licenziyalashtirish amalga oshirildi, yaqin vaqt ichida Birinchi Liga ham to'la qamrab olinadi", - deydi PFL direktori.

Farhod Magametov Birinchi Liga klublari vakillaridan har o'yindan so'ng videoyozuvlarni jo'natishni talab qildi.

Bu yilgi Birinchi Liga bahslarida Surxondaryo viloyatidan jamoalar ishtirok etadimi?, - deb savol berildi. Biz ham har bir viloyatdan ishtirokchilar bo'lishini xohlaymiz, Surxondaryo uchun bitta joy ham bor. Lekin avvalo hammasi joylardagi rahbarlarga bog'liq. Yana, hammasi sport principlariga asoslangan bo'lishi kerak, - deb keltiradi Magametovning so'zlarini PFL tvitteri.

Farhod Magametovning so'zlariga ko'ra, bu yildan kelishilgan o'yinlar to'g'risidagi nizom joriy etiladi. Kelishilgan o'yinlar to'g'risidagi nizom shunday o'yinlarga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilaydi. Bu yildan boshlab O'zbekistondagi futbol musobaqalariga jalb etilgan legioner futbolchilarga nisbatan talablar kuchaytiriladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика