Farg'onadagi yangi stadion qurilishiga 73,5 milliard so'm sarflandi
13 okt 2014 10:22
Yangiliklar

Farg'onadagi yangi stadion qurilishiga 73,5 milliard so'm sarflandi
Farg'ona shahrida yangi futbol stadioni qurilishi tezkorlik bilan olib borilyapti. Bu haqda 10 oktyabr, juma kuni Turkiston-press NAA xabar berdi.
Xabar berishlaricha, bu erda 73,5 milliard so'mdan ortiq qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Stadion atrofidagi 9 gektar maydonga 3 ming tupdan ziyod manzarali daraxtlar, 3 ming tup butali daraxt ko'chatlari ekildi.
Eslatib o'tamiz, Farg'ona shahrida 20 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadion qurilish 2013 yildan beri davom etmoqda.
O'zA axborotiga ko'ra, 16 gektar er maydonini egallagan inshootda futbolchilar, mehmonlar va tomoshabinlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2014 yil iyunida obektda bo'lib, ushbu stadionda sportchilar, tomoshabinlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, yosh sportchilar, xususan, futbolchilar tarbiyalashga etiborni yanada kuchaytirish zarurligini uqtirgan edi.

Fikrlar