So’nggi yangiliklar

07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  3 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  2 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  11 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1

Farg'onada yangi stadion foydalanishga topshirildi Yangiliklar

Farg'onada yangi stadion foydalanishga topshirildi

Farg'ona shahrida yangi qurib bitkazilgan markaziy "Istiqlol" stadioni foydlanishga topshirildi, deya xabar bermoqda O'zbekiston Axborot Agentligi rasmiy sayti.
"Mamlakatimizda sportni, xususan, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida etibor yoshlarimizning xalqaro miqyosda ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishida asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, futbolning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, xalqaro miqyosda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir futbolchilar, murabbiylar va hakamlar tayyorlash borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar o'zbek futbolining jahonga chiqishida katta ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu yo'nalishdagi ishlarning izchil davomi sifatida yangidan bunyod etilgan 20 ming o'rinli stadion o'zining noyob memoriy-muhandislik echimi, betakror dizayni bilan shahar ko'rkiga ko'rk qo'shmoqda", deyildi xabarda.

Malum qilinishicha, "Istiqlol" stadioni xalqaro talablarga javob beradi va unga zamonaviy yoritish tizimi o'rnatilgan.

Tomoshabinlar joyi, maydon holati havas qilgulik darajada. Maydonga Gollandiyadan keltirilgan maxsus maysa urug'i sepildi, natijada maydon to'rt faslga ham chidamli, yil davomida ko'm-ko'k yashnab turadigan maysalar bilan qoplangan.

SHu bilan bir qatorda OAV hodimlari uchun ham qulay sharoitlar yaratilgan.

Xabarda aytilishicha, video tablo, zamonaviy audiosistema moslamalari va boshqa axborot-kommunikaciya texnologiyalari bilan jihozlangan sharhlovchilar xonasi o'yin paytida muxlislarni zarur malumotlar bilan tezkor ravishda xabardor etish, musobaqalarni to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatish, tele va radio translyaciya sifatini taminlashga xizmat qiladi.

foto: uza.uz
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика