So’nggi yangiliklar

00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  0 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  9 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  23 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0

Farg'onada “Vodiy ochiq chempionati” musobaqasi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Farg'onada “Vodiy ochiq chempionati” musobaqasi bo'lib o'tdi

Farg'onada 2004-2007 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida musobaqa o'tkazildi.

Farg'ona shahrida 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovacion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab quvvatlash yili”ga bag'ishlab hamda kuzgi tatilda yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida sportning futbol turi bo'yicha 2004-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida “Vodiy ochiq chempionati” musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqada BO'SMlarning 2004-2007 yillarda tug'ilgan futbolchilaridan iborat jamoalari ishtirok etdilar.



Futbol uchrashuvlari Xalqaro Futbol Associaciyasi (FIFA) tomonidan tasdiqlangan futbol o'yini qoidalari asosida tashkil etildi. Mazkur musobaqa Farg'ona viloyati futbol associaciyasi tomonidan tayinlangan hakamlar boshqarib bordilar.

Futbol uchrashuvlari 4-9 noyabr kunlari Farg'ona shahar 1-BO'SM maydonida o'tkazildi. Futbol uchrashuvlarining har bir taymi 2004 yilda tug'ilgan bolalarga 30 daqiqadan 60 daqiqa, 2007 yilda tug'ilgan bolalarga 20 daqiqadan 40 daqiqa, tanaffus 10 daqiqa davomida tashkil etildi.



Musobaqada “Neftchi” farm klubi, “Yoshlik”, “Ipakchi”, Ho'jamag'iz, Uchko'prik, Toshloq, Avval, “Cementchi”, Rishton, CHimyon, “Farg'ona akademiya” kabi jamolar ishtirok etishdi. Musobaqaning yakuniy final uchrashuvida “Neftchi” hamda Beshariq tumanining “Paxtakor” jamoalari kuch sinashdilar. Uchrashuvning asosiy daqiqalari durang natija bilan yakunlangach, reglamentga ko'ra penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Penaltilar seriyasida Oybek Abdullaev murabbiyligidagi “Neftchi” jamoasi  5:4 hisobida g'alaba qozonib, musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.



Mazkur futbol musobaqasida 1-o'rin “Neftchi”, 2-o'rin Beshariq tumanining “Paxtakor” jamoalariga nasib etgan bo'lsa, barcha uchrashuvlarda ajoyib o'yin namoyish etib, yaxshi taasurot qoldirgan Farg'ona shahrining “Yoshlik” jamoasiga 3-o'rin nasib etdi. Musobaqa yakunida taqdirlash marosimi o'tkazildi va g'olib va sovrindorlarga I, II, III darajali diplom, medal, kubok va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.



Bekzod Tolibov, Farg'ona shahridan “Championat.asia” uchun maxsus.                  


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика