So’nggi yangiliklar

15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  3 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  14 08:50Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор  8 08:34Шеригини «нокаут» қилган Бекмуродов жарима тўлайди. ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари эълон қилинди  17

Farg'onada "Sport maktablari ligasi" musobaqasi yakuniga etdi Yangiliklar

Farg'onada "Sport maktablari ligasi" musobaqasi yakuniga etdi

Farg'ona viloyatida joriy yilning 17-22 sentyabr kunlari 2007 va 2008 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida Respublika chempionati bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada Respublikamizning turli xududlaridan ikki yosh toifasida jami 23 ta jamoa ishtirok etdi. Futbol uchrashuvlari Farg'ona shahridagi "Futbol markazi" suniy qoplamali maydonlarida tashkil etildi.

Bugun ushbu musobaqaning final bahslari bo'lib o'tdi. Uchrashuvlar yakunida g'oliblar mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida turli darajadagi diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Biz musobaqa tafsilotlari yuzasidan Farg'ona viloyati futbol Associaciyasi vakili Farrux Zokirovga yuzlandik.

"Joriy yilning 17-22 sentyabr kunlari Farg'ona viloyatidagi "Futbol markazi" suniy qoplamali maydonlarida 2007-2008 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida Respublika "Sport maktablari" futbol ligasi musobaqalarining bo'lib o'tmoqda. Bugun mazkur musobaqaning final bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. 2008-yilda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi musobaqaning final uchrashuvida Sirdaryo va Surxandaryo jamoalari to'qnash kelishdi va yakunda surxandaryolik yosh futbolchilar g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Ayni damda 2007-yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida Namangan va Farg'ona viloyati jamoalari o'zaro kuch sinashmoqdalar.

Bugun mazkur musobaqa yakunida taqdirlash marosimi tashkil etiladi. SHu kabi futbol musobaqalari kelajakda Respublikamiz bo'ylab futbol sport turi bo'yicha turli musobaqalar yanada ko'proq o'tkazilishiga zamin yaratadi" - deydi Farrux Zokirov.






Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика