So’nggi yangiliklar

17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  0 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  2 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  9 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  4 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  2 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  3 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  10 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5

Farg'onada "O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan futbol musobaqasi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Farg'onada "O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan futbol musobaqasi bo'lib o'tdi

Teglar :  Farg'ona
Farg'ona shahrida 1-oktyabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Viloyat hokimi kubogi" futbol musobaqasi tashkil etildi.

Jami 19 ta tuman va shahar jamoalari ishtirok etgan mazkur musobaqa tomoshabop uchrashuvlarga boy tarzda o'tdi.

Farg'ona viloyat hokimligi, Farg'ona viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Farg'ona viloyati Futbol Associaciyasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tashabbusi ostida tashkil etilgan mazkur musobaqaning final uchrashuvida Oltiariq va So'x tumani jamoalari to'qnash keldilar. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tgan final bahsida oltiariqliklar 3:0 hisobida g'alaba qozondilar.

Ushbu natijadan so'ng So'x tumani jamoasi ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsalar, Marg'ilon shahri va Uchko'prik tumani jamoalari musobaqaning uchinchi o'riniga loyiq deb topildi.

Final uchrashuvidan so'ng mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida musobaqa qatnashchilariga diplom va esdalik uchun sovg'alar topshirildi.

Umuman olganda, "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan mazkur musobaqa ko'tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Bekzod Tolibov, Farg'onadan maxsus


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика