Farg'onada futzal bo'yicha Respublika chempionati o'tkazildi
05 dek 2019 11:34
Yangiliklar


Farg'onada futzal bo'yicha Respublika chempionati o'tkazildi
Farg'ona viloyatining Marg'ilon shahrida joriy yilning 25-30 noyabr kunlari 2005-yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida, 1-5 dekabr kunlari esa 2004-yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida futzal bo'yicha Respublika chempionati tashkil etildi.
Respublikamizning turli xududlaridan kelgan jami 10 ta jamoa ishtirokida o'tkazilgan 2005-yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi musobaqaning final uchrashuvida Toshkent shahri vakillarini 4:3 hisobida mag'lub etib, farg'onalik yoshlar g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsalar, 2004-yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi musobaqada Farg'ona viloyati jamoasini finalda 3:7 hisobida taslim etgan Toshkent viloyati jamoasi musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritdi.
Futzal musobaqasi ko'tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Musobaqa yakunida g'olib jamoa vakillari turli darajadagi diplom va esdalik uchun sovg'alar bilan taqdirlandilar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar