Farg'onada Avaz Maksumov boshligida murabbiylar uchun futzal o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda
25 jan 2021 22:11
Yangiliklar


Farg'onada Avaz Maksumov boshligida murabbiylar uchun futzal o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-sonli Farmonining ijrosini taminlash maqsadida hamda O'zbekiston futbol associaciyasining taqvim rejasi asosida joriy yilning 22-28 yanvar kunlari Farg'ona futbol associaciyasiga qarashli Farg'ona shahridagi "Futbol markazi" binosida AFKning
“Level -2” futzal trenerlik licenziyasi o'quv kursi bo'lib o'tmoqda. O'quv kursini OFK instruktori Avaz Maksumov olib boradi. Avaz Farxadovichga O'zbekiston futbol associaciyasi instruktorlari Farrux Zokirov va Furqat Xayrullaev yordam berishadi. OFKning “Level-2” futzal trenerlik licenziyasi o'quv kursida 15 nafar trenerlar qatnashishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar