So’nggi yangiliklar

13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  0 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  3 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  2 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  0 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  6 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  17 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3 07:47“Реал“ мавсумнинг энг яхши футболчисини аниқлади  12

Farg'onada ananaga aylanib qolgan "Hokim kubogi" musobaqasi o'tkazilmaydimi? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Farg'onada ananaga aylanib qolgan "Hokim kubogi" musobaqasi o'tkazilmaydimi? (Bekzod Tolibov blogi)

Kimdir uzun maqolalarni o'qishni xush ko'radi.

Keltirilayotgan malumotlar ko'lami va o'zaro uyg'unligini tahlil qiladi, o'qib borgani sayin uning uchun davomi yanada qiziqarli bo'lib boraveradi. Yana boshqa kim esa qisqa va lo'nda yozilgan maqolalarga qiziqadi, uzundan-uzun maqolalarni yoqtirmaydi.

Yuqoridagi aytilgan ikkinchi toifaga mos keluvchi kishilarni ham tushungan xolda maqola sarlavhasida qo'yilgan savolga boshidanoq javob berib ketamiz, "Hokim kubogi-2024" o'tkazilmaydigan bo'ldi. Bir necha yillik tarixiga ega va vodiyda yaxshi ananaga ega bo'lgan turnir ayrim sabablarga ko'ra to'xtatildi. Bu jarayon balki vaqtinchadir, kelasi yildan yana davom etishi ham mumkin, bunisini vaqt ko'rsatadi.

Agar hozir sizda nega degan savol tug'ilayotgan bo'lsa, albatta bunga haqlisiz. Bugungi kun davomida mening manzilim tomon eng ko'p yo'llagan savol ham aynan shu bo'ldi. CHunki "Hokim kubogi-2024" o'tkazilmasligi haqidagi malumot ijtimoiy tarmoqlarga allaqachon sizib chiqdi. Masalan, ayni mavzuda saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaev ham kecha o'zining telegramdagi sahifasida birinchilardan yozib o'tgandi.

Vaziyatdan kelib chiqib kichkinagina surishtiruv o'tkazdim, ushbu musobaqaning o'tkazilmasligiga sabab ishtirok etish uchun murojaat qilgan jamoalarning soni kamligida bo'lgan. Vodiyning aksariyat klublari qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Turkiyada o'tkazayapti, real yondashadigan bo'lsak, ular "Hokim kubogi-2024"da qatnasha olishmaydi. Farg'ona futbol associaciyasi ananaga aylanib qolgan ushbu musobaqani o'tkazishga tayyor edi, bu haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham malum qilgandi. Biroq, kelib tushgan murojaatlar soni bitta turnir tashkillash uchun etarli bo'lmagan.

"Hokim kubogi" biz yanvar-fevral oylarida qiziqib tomosha qiladigan eng yaxshi saviyadagi futbol musobaqasi edi. Ushbu turnirga har yili qo'shni davlatlardan ham futbol klublari kelib, bir necha bor ishtirok etishganini yaxshi bilasiz albatta. Eshitishimizga qaraganda, Qirg'iz Respublikasining "Alay" klubi shu yili ham qatnashish istagida bo'lgan.




Farg'onada tashkil etiladigan "Hokim kubogi" musobaqasining nufuzi va jozibasi boshqacha edi. Masalan, "Neftchi" va "Qizilqum" to'qnash kelgan finalni eslaysizmi? Yana "Neftchi" - "Qo'qon-1912" yoki "Qo'qon-1912" - "Andijon" finallari ham o'ta yuqori darajada o'tgandi. 2021 yilgi mavsumda Toshkentning "Bunyodkor" klubi ushbu musobaqaning bosh sovriniga ega chiqqan. SHuningdek, O'zbekiston futbol associaciyasi hakamlar uchun tashkil etiladigan qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarining amaliy qismini Farg'onaga, "Hokim kubogi" musobaqasiga ko'chirgan yillar ham bo'lgandi.

"Hokim kubogi" musobaqasining bu yilda o'tkazilmayotgani uchun kimnidir aybdor sifatida ko'rsatmadik, bunday qarashda ham emasmiz. Maqola ushbu musobaqa qachon boshlanarkan deb kutib yurgan muxlislar uchun malumot o'rnida yozildi.

P.S. Maqolada "Hokim kubogi" musobaqasi iqtidorli yosh futbolchilar uchun katta tajriba bo'lardi" qabilidagi balandparvoz jumlalarni ishlatishni lozim topmadik.

Bekzod Tolibov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика