Farg'ona. "Yoz - o'tmoqda soz" turniri davom etmoqda
15 iyu 2018 18:32
Yangiliklar
Farg'ona. "Yoz - o'tmoqda soz" turniri davom etmoqda
Xususan 14 iyul kuni Quvasoy shahridagi "Nihol" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida mana shunday futbol turniri tashkil etildi. Unda oromgohda xordiq olayotgan bolalardan iborat 6 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Uchrashuvlar olimpiya tizimida o'tkazildi. Final bahsida ikkinchi va beshinchi guruh yigitlari o'zaro raqobat olib borishdi. Bahsda 2-guruh futbolchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
Turnirdan so'ng Farg'ona viloyati futbol associaciyasi birinchi-vice prezidenti Rasuljon Yuldashev va oromgoh rahbari Katya Karimovalar so'zga chiqib g'oliblarni tabriklashdi. SHundan so'ng O'zbekiston futbol associaciyasining farg'onalik bolalar uchun atalgan sovg'alari topshirildi. Samimiy ruhda kechgan turnirdan oromgoh bolalari bir olam quvonch olishdi
Hojiakbar Jabborov
Quvasoy shahridan maxsus






O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar