So’nggi yangiliklar

07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  26 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  23 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14

Farg'ona viloyati xokimi “Qo'qon-1912” jamoasi azolari bilan uchrashdi Yangiliklar

Farg'ona viloyati xokimi “Qo'qon-1912” jamoasi azolari bilan uchrashdi

Ertangi kun Qo'qon shahri uchun katta futbol bayrami hisoblanadi.

“Qo'qon-1912” jamoasi O'zbekiston Coca Cola kubogining yarim final o'yinida, Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi. 

Ushbu o'yindan oldin Farg'ona viloyati xokimi Xayrulla Xayitboevich Bozorov hamda Qo'qon shahar xokimi Marufjon Azamovich Usmonovlar “Qo'qon-1912” jamoasi azolari bilan uchrashdilar. Uchrashuvda viloyat xokimi so'z olib, jumladan shunday dedilar.

- Qo'qon shahri o'zbek futbolining vatani hisoblanadi. Bu mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi azolari , yani sizlar juda chiroyli o'yin ko'rsatib, yaxshi natijalarni qayd etib barchamizni xursand qildingiz. Buning uchun klub rahbarlariga, murabbiylar shtabiga hamda barcha futbolchilarga o'zimni cheksiz minnatdorchiligimni izhor qilaman. Futbol shunday o'yinki, bu o'yindagi natija butun xalqning kayfiyatini belgilab beradi. Sizlar g'alaba qozonsangiz Qo'qonda va butun viloyatimizda bayram bo'ladi. 

Ertaga “Qo'qon-1912” jamoasi uchun juda muhim kun. Ertangi “Paxtakor” bilan bo'ladigan yarim final o'yinini “yil o'yini” deb atasak xato bo'lmaydi. Ertaga sizlar Qo'qon futboli tarixiga o'z nomingizni zarhal xarflar bilan yozib qo'yadigan kun. Men sizlarga ishonaman, sizlar O'zbekiston kubogining finaliga chiqishni uddalaysiz. Biz sizlar bilan Namanganga borishni istaymiz. Namangandagi stadionga butun Qo'qon halqi boradi. Biz Namanganda bayram qilishni istaymiz. Takror aytaman bu ish sizlarni qo'lingizdan keladi. 

Hurmatli futbolchilar ertaga maydonda bor kuch va mahoratingizni sarflab, bor vujudingiz bilan g'alaba uchun harakat qiling. Biz sizlarni mehnatingizni qadrlaymiz. Sizlarga final yo'lida omad, kuch-quvvat hamda sog'lik tilayman, - dedi X.X.Bozorov.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика