So’nggi yangiliklar

00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  0 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  1 23:15Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Черно Море" (онлайн ҳисоб)  20 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  0 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  29

Farg'ona viloyati hokimi kubogi. "Qo'qon-1912"da "kambek", "Neftchi"lar bahsida ettita gol urildi Yangiliklar

Farg'ona viloyati hokimi kubogi. "Qo'qon-1912"da "kambek", "Neftchi"lar bahsida ettita gol urildi

Bugun "Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasida chorak final bahslari bo'lib o'tdi.

"Qo'qon-1912"da "kambek"

CHorak finalda Andijon viloyatining "UzTongXo" jamoasiga to'qnash kelgan "Qo'qon-1912-1" vakillari uchrashuvda "kambek"ni amalga oshirishdi. Dastlab o'z darvozasidan ikkita gol o'tkazib yuborgan qo'qonliklar uchrashuvning so'ngi daqiqalarida Murod Xolmuxammedov, Otabek Xaydarov va Bek Abdullaevlarning gollari evaziga g'alaba qozonishdi.

“Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2020”
CHorak final
“Qo'qon-1912-1” – “O'z Tong Xo” – 3:2
Gollar:
Akmal Yo'ldoshev (58,66) Murod Xolmuhammedov (80), Otabek Haydarov(90), Bek Abdullaev (90+1)
«Qo'qon-1912-1»: 30. Botirali Ergashev, 9. Zohid Abdullaev, 10. Quvondiq Ro'ziev, 11. SHohnazar Norbekov, 13. Bobur Akbarov, 15. Oybek Rustamov, 19. Suhrob Berdiev, 21. Ivan Yosovich, 23. Aleksandr Merzlyakov, 70. Murod Xolmuhammedov, 99. Suhrob Nurulloev.
Zaxira: 33. Muzaffar Abdullaev, 4. Sobit Sindarov, 5. SHodiyor Hojimatov, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 17. Bek Abdullaev,22. Muhammadanas Hasanov, 27. Jasur Yoqubov, 29. Hamidullo Abduhamidov,71. Otabek Haydarov.

“O'zTongXo”: 1. Azizbek Abubakirov, 2. Abdurahmon Komilov, 7. Akmal Yo'ldashev, 9. SHokir Odiljonov, 10. Dilshod Jo'raboev, 13. Valilillo Toshxo'jaev, 15. Ildar Mamatkazin, 23. Farrux Bekmurodov, 30. Artur Mamatkazin, 42. Ahror O'tkamov, 44. Abror Komilov.

"Neftchi"lar bahsida ettita gol urildi

Musobaqaning chorak finalidayoq to'qnash kelib qolgan "Neftchi-1" va "Neftchi-2" jamoalari bahsida darvozalarga jami 7 ta gol kiritildi. Qiziqarli o'tgan uchrashuv 4:3 hisobida "Neftchi-1" jamoasining g'alabasi bilan yakuniga etdi.

"Neftchi-1" - "Neftchi-2" 4:3

"Neftchi-1": Xurshid Muxammadov,Otabek Zokirov, Durbek Kamolov, Abdujalil Manazarov, Jamshid To'xtaxo'jaev, Idris Bikmaykin, Asilbek G'oyibjonov, Boburbek Isroilov, Eldor Ergashev, SHoxjahon Ro'zimatov, Jamshid To'raqulov.
Zahira: Farrux Turdialiev, Dilshod Umrzaqov, Islom Toshpo'latov.

"Neftchi-2": SHuhrat Raxmonov, Mirjamol Nematov, SHoxjahon Qilichev, Sanjar Zokirov, Doston Toshmatov, Islombek Karimov, Alisher Abduvohidov, Javohir Rasulov, Muxammadaziz Obidjonov, Dostonbek Bobojonov, Jamshid Qobulov.
Zahira: SHerzod Abduraimov, Diyorbek Irmatov

"Turon penaltilar seriyasida g'olib"

Andijonning "Andijon-2" va Yaypanning "Turon" jamoasi to'qnash kelgan uchrashuvning asosiy va qo'shimcha daqiqalarida hisob ochilmaganligi tufayli musobaqa reglamentiga ko'ra g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotereyasida esa "Turon" g'alaba qozondi.

"Turon" - "Andijon-2" 0:0. Penaltilar bo'yicha: 10:9

"Turon": Akmal Ortiqov, SHoxruxbek Xolmatov, Ismoiljon Oxunjonov, Abdulaziz Abdurashidov, G'olib Sariboev, Oybek Axmatov, Bahodir Akramov, Javohir Sohibov, Doniyor Ismoilov, Xurshid Asqaraliev, Muxammadkomil Nizomov.
Zahira: Mirzoxid Jalilov, Biloliddin Toshmirzaev, Doston Meliqo'ziev, Asilbek Qayumov, Ibroxim Axmadxonov, Ayubxon Isaqov, Axliddin Fayziev, Otabek Miraliev.

"Andijon-2": Zuxriddin Qaxxorov, Ozodbek Qaxxorov, Doniyor Abdubannopov, Izzatilla Abdulxaqov, Farxodbek Boltaboev, Oyatillo Sobirov, Mashxurbek Mirzaev, Saidbek Mirsultonov, SHoxrux Raxmiddinov, Muxammadali Tursunov, Abduxalil Abduraximov
Zahira: Muxammadsolih Ubaydullaev, Diyorbek Karimberdiev, Asadbek Xakimov, Po'lat SHaripov, Axmadullo Muqimjonov, Hikmatullo Nematjonov, Otabek Mo'minov, Bekzod Burxonov, Muxammad Umarov

Quvasoyda kechgan bahsda "Istiqlol" g'alaba qozondi.

CHorak final yana bir uchrashuvi Quvasoy shahridagi "Cementchi" o'yingohida bo'lib o'tdi. Mazkur bahsda Quvasoyning "Cementchi" va Farg'onaning "Istiqlol" jamoalari o'zaro to'qnash keldilar. SHiddatli va keskin kurashlarga boy o'tgan bellashuv "Istiqlol" jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

"Istiqlol" - "Cementchi" 3:1
Gollar:
Elyor Mo'ydinov (0:1), Jasurbek Ermamatov (1:1), Elyor Mamasoliev (1:2), Elyor Akbarov (1:3)

Musobaqaning yarim finalida quyidagi juftliklar hosil bo'ldi:

“Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2020”
"Qo'qon 1912-1"-"Neftchi-1"
"Istiqlol" - "Turon"

Malumot uchun, yarim final bahslari ertaga 6 fevral kuni bo'lib o'tadi.


Bekzod Tolibov tayyorladi.








Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика