Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida tamirlash ishlari olib borilmoqda
29 jan 2022 22:39
Yangiliklar


Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida tamirlash ishlari olib borilmoqda
Farg'onaning "Neftchi" klubi Superliga o'yinlarini Yaypandagi "O'zbekiston" o'yingohida o'tkazishi xaqida xabar berib o'tgan edik.
Ushbu xabar saytimizda elon qilingach, ko'pchilik muxlislarda "Istiqlol" stadionining ayni damdagi xolati haqida savol paydo bo'la boshladi. Saytimiz muxbiri "Istiqlol" stadioniga borib, o'yingohda amalga oshirilayotgan ishlardan lavha tayyorladi.
Lavhadan ko'rinishicha, o'yingohni tamirlash ishlariga 100 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimi jalb etilgan. Maydon tez fursatlarda takroran foydalanishga topshirilishi uchun amaliy ishlar olib borilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar