FarDU bosh murabbiyi: "Asosiy maqsad - "Universiada-2019"
29 sen 2018 15:11
Yangiliklar
FarDU bosh murabbiyi: "Asosiy maqsad - "Universiada-2019"
Farg'ona davlat universitetining "FarDU" jamoasi 2016-yilda tashkil topgan. SHundan buyon jamoamiz turli musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqda. Jamoamizning oldiga qo'yilgan asosiy maqsad ham shu, universitet talabalarini respublika va viloyat miqyosida o'tkaziladigan musobaqalarga, xususan "Universiada" o'yinlariga munosib tayyorlashdan iborat. O'tgan yillarda jamoamiz bir qator yutuqlarga erishdi. Jumladan 2016 yilda Farg'ona viloyat birinchiligi ikkinchi ligada 1-o'rin, 2017 yilda 3-o'rinni qo'lga kiritgan. 2018 yilgi mavsumda ayni damda jamoamiz turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.
Hozirda jamoamizni "Universiada-2019" musobaqalarida munosib ishtirok etishini taminlash uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. "Universiada-2019" musobaqalarida o'tish turnirlaridan muvaffaqiyatli o'tib, final bosqichlariga etib borgan to'rt jamoadan biri bo'lishni maqsad qilganmiz.
Bugun shogirdlarim turning markaziy uchrashuvida kuchli raqibga qarshi munosib harakat qilishdi. Mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, jamoamiz futbolchilari ko'rsatgan o'yindan qoniqish hosil qildim. "Turon" jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar