Faqatgina Di Matteo "CHelsi" bilan ECHLda g'olib bo'lgan. Murabbiyning keyingi taqdiri nima bo'ldi?
07 may 2021 15:26
Yangiliklar
Faqatgina Di Matteo "CHelsi" bilan ECHLda g'olib bo'lgan. Murabbiyning keyingi taqdiri nima bo'ldi?
O'shanda noyob xodisa yuz bergan: Aytarli hech kim tanimaydigan, Andre Villash-Boashga yordamchi bo'lgan, Roberto Di Matteo bo'sh qolgan bosh murabbiy kursisini egalladi va Evropa CHempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqdi.
Besh yildan buyon murabbiylikdan chetda
Hali tajribasiz bo'lsada, bunday muvaffaqiyatdan so'ng Di Matteo darhol Roman Abramovichdan "sovg'a" oldi – ikki yillik shartnoma. Lekin ertak keyingi mavsumdayoq yakunlandi. 2012 yil noyabr oiyda italiyalik APLdagi omadsiz seriya oqibatida vazifasidan ozod etildi: sakkiz o'yinda ikki g'alaba. Etakchi – "Man Siti"dan – jamoa bor yo'g'i 4 ochkoga ortda qolayotgandi, ammo Abramovichning sabr "kosasi to'ldi" va Di Matteoga ECHL 5-turida "Yuventus"ga yirik 0:3 hisobida boy berilgan uchrashuvdan keyin chiqish eshiklari ko'rsatildi. O'shanda "CHelsi" ECHL tarixida pley-offga chiqa olmagan birinchi amaldagi g'olib bo'lgandi.
Di Matteo barcha aybni o'ziga oldi va diqqat markazidan yo'qoldi.
Birinchi "pauza" ikki yil davom etdi. Keyin u "SHalke" va "Aston Villa"da ishladi
Murabbiy deyarli ikki yilga futbolni tark etdi. Keyinroq malum bo'ldiki, u "CHelsi"dan maosh olishda davom etgan (sakkiz million funt), sababi mutaxasissning xaydalishi shunchaki rasmiyatchilik uchun edi. Mish-mishlar Di Matteoni top-ligalarning kuchli klublariga jo'natardi, lekin 2014 yil noyabrida u "SHalke" boshqaruvini qo'lga oladi. Bu "munosabatlar" bor yo'g'i 7 oy davom etdi: Di Matteo oltinchi o'rinni egalladi, klubni CHempionlar Ligasiga olib chiqa olmadi va rahbariyat bilan yangi mavsumga tayyorgarlik borasidagi fikrlar to'g'ri kelmagani uchun ishsiz qoldi.
2016 yil iyunida italiyalik "Aston Villa" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Mavsumlar oralig'ida klub transferlarga 50 mln funt sarfladi, lekin CHempionshipdagi 11 o'yinda bor yo'g'i 1 marta g'alaba qozondi va 19-o'rinni egallab turardi. Tayinlanganidan 124 kun o'tib Di Matteoni vazifasidan ozod etishdi.
O'shanda qaxramonimiz "La Gazzetta dello Sport" muxbiriga bergan intervyusida shunday degandi: "Men ko'p vaqt davomida uyimdan uzoqda bo'lishga majburman. O'ylashimcha, oilam bilan ko'proq vaqtimni o'tkazishim zarur".
Keyinroq Di Matteo ko'pi bilan ikki mavsum dam olishni rejalashtirganini malum qildi. Biroq amalda besh yil futboldan chetda qoldi.
2016 yil 3 oktyabr – Di Matteoning so'nggi ish kuni.
Murabbiyni "Aston Villa"dan xaydashgani qattiq xafa qilgan. 2019 yildayoq qaytmoqchi edi, lekin oilasiga bog'lanib qolgan
2019 yil sentyabr oyida Di Matteo "The Athletic"ga hayoti haqida intervyu berdi. Suhbatning asosiy qismini etiboringizga taqdim etamiz.
• Di Matteo AQSH va Xitoydan tushgan bir nechta moliyaviy jihatdan qulay takliflarni rad etgan, shu bilan birga ingliz klublarini rad qildi, bunga "Aston Villa" sabab edi. "Hammasi tugaganida juda qattiq jaxlda edim", – deydi Di Matteo. – Biz loyihani muhokama qilganimizda, birinchi mavsum og'ir bo'lishini aytgan va hammaning fikrlari to'g'ri kelgandi. Biz pley-offga chiqishni niyat qilgan, o'z oldimizga maqsad sifatida belgilab olgandik – va biz buni uddasidan chiqardik, ammo klub boshqacha [murabbiyni vazifasidan ozod qilish] qaror qabul qildi.
Biz 11 ta uchrashuvda 7 bor durang o'ynadik, ammo o'tkazib yuborilgan gollarning 5 tasini qo'shib berilgan vaqtda yoki o'yin so'ngida qo'yib yuborgandik.
Yakunda APLga qaytish uchun ularga qancha vaqt kerak bo'ldi? Uch mavsum. Biroz xafa bo'lgan bo'lsamda, jamoa elitaga qaytganidan xursand bo'ldim".
• Di Matteo so'zlarini takrorlab oilasini sog'inganini aytdi. SHu bilan birga u Italiyadagi otasining salomatligi bilan muammolari mavjudligini va uni qo'llab-quvvatlashni istaganini aytdi.
Italiyalik alohida takidlardi – u qayta tirildi va endi yanada baxtliroq. "Men bugun bir necha yil oldingidan ko'ra, baxtliroqman. Vaqtimni oilam davrasida o'tkazganimdan juda xursandman. Biroq endi yangi sahifa vaqti. Hayotimda yuz berayotgan va bo'lishi mumkin bo'lgan ishlardan xayajondaman.
Keyingi yil men 50 yoshga kiraman, bu katta raqam, ammo g'arbiy mamlakatlardan erkak kishining o'rtacha umri – 79 yosh. Men o'zimni yaxshiroq, yoshroq xis qilyapman va uzoq yillar davomida murabbiylik qilmoqchiman. Balki men yangi jamoamni keyingi hafta yoki keyingi oyda tanlamasman, sababi hech qaerga shoshilmayapman. Biroq men yana murabbiylikka qaytaman, faqatgina maqul variant bo'lsa etarli".
• Di Matteo tan oladi: faoliyati davomida u tasirchan ekanligini sezgan – har qanday omadsizliklarni og'ir qabul qiladi. Yangi jamoasi u ishidan zavq olishni va futbolchilarga ham uni o'tkazishni istaydi.
"Men hujumkor murabbiyman, – deydi Di Matteo. – "MK Dons" va "Vest Bromvich"ni eslang: biz gollar urish bo'yicha ligada ikkinchi natijani ko'rsatgandik. Men uchun futbol uchrashuvini yutishdan zavqli ish yo'q. Menga bu yoqadi. Bu mening hayotim. Endi meni faoliyatimning yangi sahifasi kutmoqda".
***
Ammo hozircha ushbu sahifa boshlanganicha yo'q. 2020 yil noyabr oyida Di Matteo SHveycariya OAVlaridan biri "20 Minuten"ga futbolni sog'inayotgani, lekin qaytish uchun qulay fursat bo'lmaganini aytdi. Mutaxassis shu yil yozda, kichik farzandi ota-onasidan alohida hayotga qadam qo'yganida, muhim qaror qabul qilishga vada berdi. "Biz ayolim Zoi bilan zarur narsalarni yig'ishtirib, hech qanday cheklovlar, ikkilanishlarsiz qaerga ko'chib o'tishimizni tanlashimiz mumkin bo'ladi. Keyin maqul taklif tushsa, men tayyorman".
Biz ham bunga tayyormiz. Nazarimizda, Roberto hali ham futbol olamini xayron qoldirishga qodir.
Nozima Zaripova tarjimasi
Fikrlar