Faoliyatini yakunlagan Azar "CHelsi"ga 6 mln evro foyda keltirdi
16 may 2024 22:23
Yangiliklar
Faoliyatini yakunlagan Azar "CHelsi"ga 6 mln evro foyda keltirdi
Belgiyalik sobiq futbolchi Eden Azar Angliyaning "CHelsi" klubiga daromad keltirdi.
Azar butsalarini "mixga ilgan" bo'lsa-da, uning "Real Madrid" bilan shartnomasi o'z kuchida qolmoqda.
Belgiyalik erkak 2019 yil "CHelsi"dan "Real"ga 130 million funt sterling evaziga o'tgan va besh yillik shartnoma imzolagan. SHuningdek, madridliklar qo'shimcha bonuslar to'lagan.
SHunday bonuslardan biri ispanlarning Evropa CHempionlar ligasi finaliga chiqishini o'z ichiga olardi va buning uchun "qaymoqranglilar" London klubiga salkam 6 million evro o'tkazib berishi kerak.
SHartnoma kuchi amalda bo'lgan Eden ketma-ket jarohatlari tufayli o'tgan mavsum atigi 10 ta o'yinda maydonga tushib, yozda faoliyatini yakunlaganini malum qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar