So’nggi yangiliklar

11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  0 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  1 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  9 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  3 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  28 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  7 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  13

ECHL sovrinini yuta olmagan Buffon haqida Yangiliklar

ECHL sovrinini yuta olmagan Buffon haqida

Turin klubining ajoyib darvozaboni Janluijji Buffon haqida suhbatlashamiz.

Tarjimai hol

Zamonamizning eng yaxshi darvozaboni desak, mubolag'a bo'lmaydi, Janluijji Buffonni ko'pchilik Jijji deb ataydi. Avvaliga italiyalikning posbon bo'lish niyati yo'q edi, biroq vaqt o'tishi bilan yugurishni unchalik ham yoqtirmasligini tushunib etdi. SHu tariqa, futboldagi faoliyatini boshladi.


Bolaligi va yoshligi

Jijji sportchilar oilasida tavallud topgan. Onasi Mariya Stella Mazokko yadro uloqtiruvchi bo'lgan, disk uloqtirish bo'yicha esa Italiya chempioni edi. Otasi ham yadro uloqtirish, ikki opasi esa suv polosi bilan shug'ullangan. Buffon bolaligidan futbolga qiziqishi katta bo'lgan. Aytgancha, ularning avlodida futbolchilar ham bor edi — bobosining akasi. Lorenco Buffon Italiya termasi darvozasini himoya qilgan.

Buffon "Jenoa" muxlisi edi. U Speciya shahidagi "Kanaletto Sepor" havaskor jamoada faoliyatini boshlagan. Futbol klubidagi o'qishi tugaganidan so'ng, ona shahri Karraraga qaytdi va yana bir havaskor klublardan biri "Pertikata"da yarim himoyachi poziciyasida to'p tepa boshladi. 12 yoshga to'lganida Karraraning boshqa klubi "Bonaskola" safiga borib qo'shildi.

"Parma" bolakayning iqtidorini sezib, 1991 yilda uni sotib oldi. Uni xarid qilish uchun yana ikki klub davogarlik qilgan, ammo buning uddasidan chiqa olishmagandi. Buffon "Parma"ga juda qimmatga tushganidan, klub ikki yil davomida qarzini to'lashiga to'g'ri kelgan. Janluijji 14 yoshga to'lganida yoshlar jamoasining asosiy darvozaboni bo'lib ulgurgandi.

Yosh futbolchi sport sohasidagi tajribasini oshirish uchun o'rta maktabni tashlab ketadi, shahodatnoma ham olmaydi. Keyinchalik esa bu xatosini to'g'rilash uchun "Antonio Maneri tadqiqotlik markazi"dan yuristlik diplomini sotib olishga qaror qiladi. 2004 yilda esa uning bu qing'ir ishi fosh etiladi va mashhur golkiper qamoq jazosini o'tashiga to'g'ri keldi.


Futbol

Katta futbol tomon etaklaydigan eshiklar Janluijji Buffon uchun 1995 yilda ochildi. U "Parma"ning asosiy o'yinchisiga aylandi. Muxlislar va sportchilar 17 yoshli yigitning istedodidan hayratda edilar — u juda mohirlik bilan o'ynardi. Uning mahoratini Evropa futboli faxriylari bilan solishtira boshlashdi. Uning transfer narxi esa kundan-kunga oshib borardi. Buffon "Parma"ning 168 o'yinida maydonga tushdi. Bu yillar ichida esa Italiya Kubogi va Superkubogiga hamda UEFA sovriniga ega chiqdi.

Oradan olti yil o'tib, 2001 yilda "Yuventus" darvozabonni sotib oldi. Sarflangan pulni eshitganlar shokka tushib qolgandi — 52 mln evro. Ammo Buffon unga bildirilgan ishonch va sarflangan pullarni oqlay oldi hamda yanada ajoyib o'yinlar namoyish etdi. "Yuventus" u bilan 4 marta Italiya chempioni nomiga sazovor bo'ldi, Buffon esa uchinchi Superkubogini qo'lga kiritdi. Biroq 2006 yil dahshatli korrupciya mojarosi bo'ldi. Natijada klubning 2ta chempionlik unvoni olib qo'yildi, "Yuve" esa quyi ligaga tushirib yuborildi.

Buning oqibatida "Yuventus" bir qator top o'yinchilaridan ayrilib qoldi. Lekin "Manchester Siti"dan ajoyib taklif tushganiga qaramay, Buffon klubiga sodiq qoldi. O'shanda inglizlar golkiperga 15 mln evro taklif qilishgandi. Bunday summa darvozabonni eng ko'p haq to'lanadigan futbolchilar ro'yxatida birinchi o'ringa chiqarib qo'ygan bo'lardi.

Janjal darvozabonga shaxsan tasir ko'rsatdi. Sababi Janluijjini bazi o'yinlarga pul tikkanlikda ayblangan, ammo sportchi aybi yo'qligini isbotlay olgan. 2012 yil Buffon jonajon klubi yana oliy ligaga qaytishida katta yordam berdi. Buffon faoliyati davomida "quruq o'yinlar" o'tkazish bo'yicha 2ta rekord o'rnatdi (2014 va 2016 yillarda): birinchisida 745 daqiqa, ikkinchi yilda esa 746 daqiqa to'p o'tkazmadi.

Futbol klublaridan tashqarida ham Buffonning omadi chopdi. U Italiya terma jamoasi safida 1997 yil paydo bo'ldi. U Jahon CHempionati doirasidagi Rossiya termasiga qarshi bahsda ilk bor maydonga tushdi. Bahs 1:1 hisobda yakunlandi, biroq javob uchrashuvida italyanlar g'alaba qozonishdi. Janluijji esa uchinchi zaxira darvozaboni sifatida chempionatga otlandi.

2006 yilgi mundialda esa italiyalik futbolchi chempion maqomiga sazovor bo'ldi. SHuningdek, eng yaxshi golkiper sifatida Yashin mukofotiga ega chiqdi.

Ammo oradan ikki yil o'tib, termaning asosiy posboni bo'lgan Buffon mohirligi bilan ham jamoasini qutqarib qololmadi. Ular chorak finaldan chiqib ketishlariga to'g'ri keldi. Bir qator muvaffaqiyatsizliklar yuzaga keldi. Evro-2012da terma jamoa finalgacha chiqdi va Konfederaciyalar Kubogi-2013da bronza medalini qo'lga kiritdi.


SHaxsiy hayoti

Janluijji Buffon — ajoyib sport formasiga ega kelishgan erkak (bo'yi - 191 sm, og'irlii - 92 kg). Uning muxlisalari juda ko'p. Ammo shaxsiy hayotida 2ta jiddiy munosabati bo'lgan. Uning 3ta farzandi bor.

Janluijji deyarli ikki yil davomida chexiyalik professional model Alena SHeredova bilan uchrashib yurgan. 2006 yil yoshlar bahs boylashdi: agar Buffon Jahon chempionatida g'olib bo'lsa, u holda qiz futbolchining taklifini qabul qiladi. Italiyalikning omadi keldi va yoshlar turmush qurishdi. Kelasi yil esa o'g'illi bo'lishdi va kamerunlik golkiper Tomasa N’Konoga havas qilib, farzandlariga uning ismini qo'yishdi.

2014 yil bahorda ajrashishdi, sababi Buffon teleboshlovchi Ilariya D'Amiko bilan uchrashib yurgandi. Oradan ikki yil o'tib, ularning o'g'il farzandi Leopoldo Mattia dunyoga keldi.

Janluijji nafaqat futbol orqali, balki mehmonxona va basseyn biznesi orqali ham pul topadi. SHuningdek, ota-onasining tog'-chang'i turizm biznesiga ham qo'shilgan. Qolaversa, bir nechta avtoturargoh, restoranlar va magazinlari ortidan ham keladigan daromadi bor. U ko'chmas mulk huquqiga ega: 25ta kvartira, villa va 2ta dala hovlisi bor.

Buffon — ijtimoiy tarmoqlarda ham juda faol foydalanuvchi. Futbolchining Instagram va Tvitterda shaxsiy sahifalari bor.


Janluijji Buffon hozir

2017 yil futbolchi xalqaro maydondagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi bilan ko'plab muxlislarini tashvishga solib qo'ydi. Italiya terma jamoasi JCH-2018 ishtirokchilari orasiga kirolmaganidan keyin Janluijji shunday qarorga kelgandi. Biroq sportchi hali bu ishga qo'l urgani yo'q.

2018 yil aprel oyida CHempionlar Ligasida kutilmagan ishlar ro'y berdi. "Yuventus" ECHL chorak final bosqichida "Real"ga imkoniyatni boy berdi. Javob uchrashuvi oxirida esa hakam Maykl Oliver Italiya klubi darvozasiga penalti belgiladi. Buffon esa hakamga baqirdi. Natijada qizil kartochka oldi va o'yinni tark etdi.

Hakam uni o'yindan chetlatganidan o'yinchining muxlislari qattiq norozi bo'ldilar, sababi CHempionlar Ligasi sovrinini qo'lga kiritish "Yuve" posbonining ushalmas orzularidan biri bo'lib qolmoqda edi.


Erishgan yutuqlari
1997 — O'rta er dengizi o'yinlarida kumush medal g'olibi
1998/99 — UEFA Kubogi sohibi
1999 — Italiya Superkubogi sohibi
2006 — Jahon chempioni
2012 — Evropa chempionatida kumush medal sohibi
2013 — Konfederaciyalar Kubogi bronza egasi
2015, 2016, 2017 — Italiya Kubogi g'olibi
— Italiya chempioni
— V Seriya chempioni
— Evropa vice-chempioni
— Yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionati g'olibi


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика