"Fanat liga". Ronaldu - Messi 7:6
28 mar 2020 21:48
Yangiliklar
"Fanat liga". Ronaldu - Messi 7:6
SHartlar: Toshkent vaqti bilan 21:00da Ronaldu va Messi mavzusida dastlabki savol beriladi. Keyingi savollar 5 daqiqa oralig'ida berib boriladi. Savollarning umumiy soni 10ta.
Agar Ronaldu muxlisi sifatida javob bermoqchi bo'lsangiz, javobdan oldin yoki keyin 1 raqamini qo'ying, agar Messi ishqibozlari jamoasida bo'lsangiz javobga 2 raqamini qo'shib qo'ying. Jamoa raqami qo'yilmagan javoblar hisobga olinmaydi.
Har bir to'g'ri javob uchun Ronaldu yoki Messi jamoasiga 1 balldan beriladi. Savol birinchi aniq javobgacha davom etadi. Agar ikkala jamoa vakili bir daqiqa ichida to'g'ri javob bersa, har bir jamoaga 1 balldan beriladi.
1.Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'z terma jamoalarida urgan gollari soni nechta?
Javob: Ronaldu 99ta - Messi 70ta.
To'g'ri javob muallifi - RAKUTEN.
Ronaldu - Messi 0:1
2. Ronaldu hamda Messi jamoalari o'rtasidagi bahsda ikkala futbolchi gol urgan dastlabki uchrashuv sanasini ko'rsating.
Javob: 2011 yil 9 fevral. Argentina - Portugaliya 2:1 (o'rtoqlik o'yini)
To'g'ri javob: yo'q.
Ronaldu - Messi 0:1
3. Ronaldu va Messi faoliyati davomida necha marta xet-trik qayd etishgan?
Javob: Ronaldu 56 - Messi 54.
To'g'ri javob muallifi: Burgansoy
Ronaldu - Messi 0:2
4. Krishtianu va Lionel faoliyati davomida nechtadan gol urishgan?
Javob: Ronaldu 725 - Messi 697
To'g'ri javob muallifi: Monoblok
Ronaldu - Messi 1:2
5. Messi - Ronaldu to'qnashuvida birinchi bo'lib "Oltin to'p"ni qaysi futbolchi qo'lga kiritgan va qachon qo'lga kiritgan?
Javob: Krishtianu Ronaldu (2008)
To'g'ri javob mualliflari: Yokubov, Monoblok
Ronaldu - Messi 2:3
6. Ronaldu hamda Messining 2020 yilda urgan gollari soni qancha?
Javob: Ronaldu 13 - Messi 9
To'g'ri javob muallifi: Monoblok
Ronaldu - Messi 3:3
7. Krishtianu Ronalduning farzandlari sonini va ularning ismlarini ayting.
Javob: 4 nafar farzandi bor. Krishtianu Ronaldu junior, Eva Mariya, Meteo Ronaldu va Alana Martina.
To'g'ri javob mualliflari: Nodirjon Abdurasulov, Yokubov.
Ronaldu - Messi 4:4
8. Lionel Messining kenja o'g'li CHironing tug'ilgan yilini ayting.
Javob: 2018.
To'g'ri javob mualliflari: Yokubov, Javoxir Baxronov.
Ronaldu - Messi 5:5
9. Messi Argentina yoshlar (U20) terma jamoasi safida nechta uchrashuvda maydonga tushgan?
Javob: 18ta
To'g'ri javob mualliflari: Yokubov, GROM
Ronaldu - Messi 6:6
10. Krishtianu Ronaldu APLdagi dastlabki mavsumida nechta gol urishga muvaffaq bo'lgan?
Javob: 4ta
To'g'ri javob muallifi: MMMReal
Ronaldu - Messi 7:6
O'yin yakunlandi. Umumiy hisob: Ronaldu 7:6 Messi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar