Falkaoning shifokori: "Radamel JCH-2014ga borishga umid qilmoqda"
25 jan 2014 11:35
Yangiliklar


Falkaoning shifokori: "Radamel JCH-2014ga borishga umid qilmoqda"
"Monako" va Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Radamel Falkaoning shifokori Joze Karlush Noronya futbolchining holati haqida xabar berdi.
- Mundialga atiga 5 oy qoldi, shu bois uning Jahon chempionatiga borishi juda qiyin. Radamelning jismoniy holati juda kuchli, biroq hozirdan taxmin qilish qiyin. Biroq Falkao Braziliyaga borish uchun qo'lidan kelganicha harakat qiladi, - deydi shifokor Goal.com nashriga.

Fikrlar